Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosib olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi nutqida “anglosakslar”ni “Shimoliy oqim” gaz quvurlarida portlashlar uyushtirganlikda aybladi, deb yozadi “Meduza”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Putin nutqi mazmunidan kelib chiqadiki, “anglosakslar” deganda u birinchi navbatda AQShni nazarda tutdi.

Ammo anglo-sakslar uchun sanksiyalar yetarli emas. Ular Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tadigan “Shimoliy oqim” xalqaro gaz quvurlarida portlashlar uyushtirish orqali — aqlbovar qilmaydigan, ammo haqiqat — sabotajga murojaat qilishdi. Haqiqatan ham, ular umumevropa energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga kirishdilar. Bundan kim foyda ko‘rishi har birimizga ayon. Kimga foydasi tegishi kerak bo‘lsa, buni o‘sha amalga oshirgan, albatta.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

Eslatib o‘tamiz, 26-sentabrga o‘tar kechasi Boltiq dengizida “Shimoliy oqim-1”ning ikka yo‘nalishi va “Shimoliy oqim-2” liniyalaridan birida gaz sizib chiqish hodisasi sodir bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda