Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona shahrida Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 4 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflangan 2 va 3 xonali 20 ta xonadon kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali topshirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni hamda ularning oila a’zolarini qutladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini, ko‘p qavatli uyda ham harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilganini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi