Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: WSJ

Foto: WSJ

Nashrning yozishicha, cheklovlar Rossiyaning MIR to‘lov tizimi, shuningdek, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga (NSD) ta’sir qiladi.

AQSH Rossiya ulardan G‘arb sanksiyalaridan qochish uchun foydalanmoqda, deb hisoblaydi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH hukumati SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilgan Rossiya banklari ro‘yxatini kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, qator tovarlarga eksport nazoratini kuchaytirish va Rossiya davlat kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Yevrokomissiya yaqin kelajakda Rossiyaga import va eksportni nazorat qilish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni, jumladan, olmoslarini olib kirishni taqiqlashni taklif qilmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq O‘zbekistonda UzCard MIR to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

UzCard to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilayotgan zarur texnik sabablarga ko‘ra, 2022-yil 23-sentabr soat 09:00 dan boshlab MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi.

Shuningdek UzCard—MIR kobeyjing kartalariga xorijda ishlashi ham vaqtincha to‘xtatiladi.
 

AQSH MIR kartalari tufayli xorijiy banklar uchun sanksiyalar xavfini e’lon qilgan.

Buning ortidan Turkiyaning ikkita yirik banki MIR kartalari bilan operatsiyalarni to‘xtatgan edi.

Keyinchalik Qozog‘iston va Vyetnam banklari ham MIR kartalariga xizmat ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi