Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha OFK Kubogi—2022 hududlararo final o‘yinida “So‘g‘diyona” Malayziyaning “Kuala Lumpur Siti” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Foto: PFL

Foto: PFL

“So‘g‘diyona” va “Kuala Lumpur Siti” o‘rtasidagi uchrashuvni Ali Sabah Adday al-Qaysi boshchiligidagi iroqlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotda Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi va Amir Davud Hussayn yordam beradi.

Mazkur uchrashuv 5-oktabr kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

OFK Kubogi guruh bosqichi muvaffaqiyatli yakunlagan Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari markaziy mintaqa finalida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasini yenggandi. Yarim finalda esa “Istern” jamoasi mag‘lub etilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi