Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha OFK Kubogi hududlararo yarim finalda “So‘g‘diyona” 6-sentabr, seshanba kuni “Istern” bilan bahs olib bordi.

Foto: “So‘g‘diyona”

Foto: “So‘g‘diyona”

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Biroq 85-daqiqada Shohruz Norxonov tomonidan urilgan gol jizzaxliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “So‘g‘diyona” hududlararo yarim finalda g‘alaba qozondi.

So‘g‘diyona jamoasi OFK Kubogi hududlararo finalida 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Mohun Bagan” (Hindiston) — “Kuala Lumpur Siti” (Malayziya) bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 5-oktabr kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

OFK Kubogi hududlararo yafim final 

6-sentabr, seshanba

“So‘g‘diyona” (O‘zbekiston) — “Istern” (Gonkong) 1:0

Gol: 1:0 — 85 Shohruz Norxonov.

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov, 7. Shahboz Jo‘rabekov (17. Husniddin G‘ofurov, 73), 10. Shohruz Norxonov, 11. Jasur Hasanov, 19. Javohir Qahramonov, 31. Luka Chermel, 39. Shavkat Salomov (26. Vitaliy Denisov, 55), 77. Daniel Nasriddinov (21. Abdujalil Manazarov, 55), 93. Darko Kolakovich.

“Istern”: 1. Yapp Xung Fay, 2. Jojo Aleksander, 3. Tamirlan Kozubayev, 4. Vu Chun Ming, 9. Viktor Bartameu, 11. Von Ho Chun Anson (13. Chu Vai Kvan, 76), 16. Ryon Chun Pong, 22. Ryon Kvun Chung, 23. Sun Ming Hin, 27. Markos Gondra, 30. Vong Ho.

Ogohlantirishlar: Nasriddinov (9), Chung (13).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)