Xitoy valyutasi dollarga nisbatan 2008-yildan beri eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Bu pasayish Pekin tomonidan yuanni qo‘llab-quvvatlashning zaiflashayotgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kurs 1 dollar uchun 7,24 yuangacha tushib ketdi.
Xitoy Markaziy banki valyuta kursini ikki yildan ortiq vaqtdan beri eng past daraja — 1 dollar uchun 7,1 yuan qilib belgiladi, — deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Savdo sessiyasi davomida Xitoy milliy valyutasining bozor kursi u yoki bu yo‘nalishda 2 foiz dan ko‘p bo‘lmagan ma’lumotnomadan chetga chiqishi mumkin.
Avvalroq Funt sterlingning dollarga nisbatan kursi tarixiy eng past darajaga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)