Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi maktablar ta’mirida talon-torojliklar holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish orqali Buloqboshi tumani (Andijon viloyati)da “T.T.” MCHJ tomonidan 1,2 milliard so‘m, Tomdi tumani (Navoiy viloyati)da “N.O.” MCHJ tomonidan 316 million so‘m va Olmaliq shahri (Toshkent viloyati)da “M.Ye.” MCHJ tomonidan 306 million so‘m talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)