Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivudning 64 yoshli aktyori Alek Bolduin va uning 38 yoshli rafiqasi Hilariya qiz farzandli bo‘ldi. Aktyor sakkizinchi farzandiga Ilariya Katalina Irena deb ism qo‘ydi. Alek Bolduin chaqalog‘ining birinchi daqiqalari aks etgan videosini Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

“U shu yerda. Biz sizga o‘zimizning kichik orzumizni tanishtirganimizdan juda xursandmiz”, — deb yozadi aktyor.

Juftlik 2012-yildan beri yettinchi marta ota-ona bo‘ldi. Shunday qilib, Ilariya Katalina Irenadan tashqari, aktyorning bir yoshli Lusiya, bir yarim yoshli Eduardo, to‘rt yoshli Romeo, besh yoshli Leonardo, yetti yoshli Rafael va sakkiz yoshli Karmen ismli farzandlari bor.

Bolduinning aktrisa Kim Beysinger bilan turmushidan katta qizi Irlandiya ham bor.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi