Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud yulduzi Dueyn Jonson boshqa hech qachon suratga olish maydonchasida haqiqiy o‘q otadigan quroldan foydalanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Sky News xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Head Topics

Foto: Head Topics

Aktyor bunday qarorga Alek Bolduinning suratga olish jarayonida Galina Xatchinsni bilmasdan otib qo‘yganidan keyin kelgan. “Seven Bucks Productions kinokompaniyasi nomidan aytishim mumkinki, biz endi hech qachon televizion shou yoki filmda haqiqiy quroldan foydalanmaymiz”, — degan u.

Shuningdek, aktyor uning ishtirokidagi suratga olish jarayonlarida rezina to‘pponchadan foydalanilishini qo‘shimcha qilgan. Qayd qilinishicha, Gollivud kinooperatorlarining 214 nafari tomonidan suratga olish maydonchasida o‘q otuvchi quroldan foydalanishga taqiq qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ikki hamkasbini otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Operator vafot etgan, rejissorning esa ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinroq aktyor hamkasbining o‘limi bilan bog‘liq hodisaga ilk bor izoh bergan. Ko‘p o‘tmay Donald Trampning o‘g‘li “Qurol odamlarni o‘ldirmaydi, ularni Alek Bolduin o‘ldiradi” yozuvi tushirilgan kiyimlarni sotuvga chiqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ