Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.X.ning Toshkent viloyati IIBB JQBga qilgan murojaatiga asosan viloyat prokuraturasi hamda IIV JQBB KvaIJQKB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda S.X. o‘zining jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2019-yilda Yangiyo‘l tuman hokimligi tomonidan fuqaro M.B.ning nomiga teng sherikchilik asosida “Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari” majmuasini qurish uchun Yangiyo‘l tumani “Chortoq” mahallasi hududidan ajratilgan 2 gektar yer maydonidan 1 gektarini S.X.ga 400 ming dollar evaziga sotishga kelishib, undan o‘zaro kelishilgan pullarning 30 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...