Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston shimoliy hududlariga 26-sentabr, dushanba kunidan Volga bo‘yidan sovuq antisiklon kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, seshanbadan havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi nisbatan sovuq antisiklon periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi.

27-sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27 darajagacha pasayadi. 29—30-sentabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab 10-15 darajagacha pasayadi.

26—27-sentabr kunlari front o‘tishida ba‘zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Farg‘ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 metr/sekundga yetishi mumkin.

Respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-sentabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi