Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida an’anaviy “Atlas bayrami” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuvda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar haqida fikrlashgan.

Ta’kidlanishicha, 20—22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan festivalning tantanali ochilish marosimida Marg‘ilon shahriga Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan Hunarmandlar shahri maqomi berilganini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshiriladi.

Festivalda Marg‘ilon ipakchiligi va milliy mahsulotlarni keng targ‘ib etish, milliy matolardan foydalangan holda liboslar dizaynini yaratish va an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish, atlas va adraslarga bezak berish, ipak matolarga naqsh va gullar bosish, o‘tgan asrlarda yurtimizda mashhur bo‘lgan gazlamalar tarixini o‘rganish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bayramda amaliy san’at buyumlari yarmarkasi, folklor ansambllari, xalq ijrochilarining dasturlari, konsertlar, dorbozlar va qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari ham namoyish etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi