Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoroda ayolni poyezd bosib ketdi. U o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Buxoro viloyati Transport departamenti mas’ul xodimining ta’kidlashicha, joriy yilning 26-sentabr kuni tongi soat 06:00 larda Jondor tumanidan kesib o‘tuvchi Buxoro—Miskin yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi oldiga shaxsi noma’lum ayol qo‘qqisdan chiqib kelgan. Oqibatda u yuk poyezdi ostida qolib ketgan.

“Buxoro—Miskin yo‘nalishidagi 3043-poyezdning 2156-raqamli teplovozi ostida ayol qolib ketgan. Zudlik bilan transport departamenti hamda ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Ayol shaxsi o‘rganilganda, uning o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan”, — dedi departament mas’ul xodimi.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning so‘ziga ko‘ra, ayol haqiqatan ham o‘z joniga suiqasd qilgan. Ayni paytda Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi