Buxoroda ayolni poyezd bosib ketdi. U o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Buxoro viloyati Transport departamenti mas’ul xodimining ta’kidlashicha, joriy yilning 26-sentabr kuni tongi soat 06:00 larda Jondor tumanidan kesib o‘tuvchi Buxoro—Miskin yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi oldiga shaxsi noma’lum ayol qo‘qqisdan chiqib kelgan. Oqibatda u yuk poyezdi ostida qolib ketgan.
“Buxoro—Miskin yo‘nalishidagi 3043-poyezdning 2156-raqamli teplovozi ostida ayol qolib ketgan. Zudlik bilan transport departamenti hamda ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Ayol shaxsi o‘rganilganda, uning o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan”, — dedi departament mas’ul xodimi.
Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning so‘ziga ko‘ra, ayol haqiqatan ham o‘z joniga suiqasd qilgan. Ayni paytda Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi poyezd urib ketishidan halok bo‘ldi
- Qashqadaryoda poyezd bosib ketishi oqibatida vafot etgan bola 4 yoshda emas, balki 2,5 yoshda bo‘lgan — OAV
- Namanganda poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani aytilgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi
- Toshkentda mast ayolni elektropoyezd urib yubordi
Izoh (0)