Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yashnobod tumanida elektropoyezd 35 yoshlar atrofidagi mast ayolni urib yubordi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” dasturida xabar qilindi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, voqea 16-avgust kuni soat 23:30 larda yuz bergan. Temiryo‘l izida o‘tirib olgan ayolni ko‘rgan elektropoyezd mashinisti bir necha marta ogohlatiruvchi signal bergan, ammo ayol me’yoridan ortiq spirtli ichimlik ichgani sababli o‘rnidan tura olmagan. Shundan so‘ng mashinist elektropoyezdni favqulodda to‘xtatgan, biroq bari bir ayolni turtib yuborgan.

Ayol tez yordam mashinasida eng yaqin shifoxonaga olib borilgan. Unga bosh miya ochiq jarohati, bosh miyaning yengil darajaga lat yeyishi, chap peshona sohasi suyagining yorilishi, peshona va tizza sohasida ezilib yirtilgan jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.

Bemor ahvoli yaxshilangach, uyida qoniqarli ahvolda ketishga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi