• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Moliyaviy savodxonlik: depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

    Moliya sohasi bilan bog‘liq har qanday mavzu murakkab, uni tushunish uchun maxsus bilimga ega bo‘lish kerakdek tuyulishi mumkin. Biroq keling, depozitlar haqida oson va tushunarli tilda ma’lumotga ega bo‘lamiz. Mavzu bo‘yicha umumiy tasavvur hosil qilishingiz uchun asosiy tushunchalarga e’tibor qaratamiz.

    Depozit/omonat nima?

    Pul depoziti – bu foyda olish yoki shunchaki saqlash uchun pullarni ma’lum muddatga bankka qo‘yish. Bank ushbu mablag‘larning bir qismidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishi mumkin. Masalan, mijozlarga kredit berish, fond bozorlari va valyuta birjalarida savdo qilish orqali bank foyda ko‘rish huquqiga ega.

    Tarixga nazar

    Depozitlar miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lgan. Odamlar pullarini mahalliy kohinlar qo‘lida saqlagan. Biroq buning evaziga hech qanday foizlar to‘lanmagan. Omonat bilan bog‘liq xizmatlarni taklif qiluvchi birinchi banklar Yevropada 808-yilda faoliyat boshlagan.

    Depozit turlari

    Eng keng tarqalgan depozitlar:

    • Talab qilib olinguncha depozitlar. Pullarni saqlash muddati bo‘yicha qat’iy belgilangan cheklovlar yo‘q, pul qo‘yuvchi mablag‘laridan istalgan payt foydalanishi mumkin. Foiz stavkalari boshqa omonat turlariga qaraganda pastroq yoki umuman mavjud emas.
    • Muddatli depozitlar (ma’lum muddatga – 6, 12, 24 oyga va undan ko‘proq yilga ochiladigan depozitlar). Depozit summasi belgilangan muddat yakunlangach egasiga qaytarib beriladi. Yig‘ilgan foizlar omonat muddati davomida (har oy, har kvartalda va h.k.) yoki yakunida to‘lab beriladi.
    • Jamg‘ariladigan/maqsadli omonatlar. Ma’lum bir maqsadni (masalan, o‘qishga to‘lov qilish, mashina yoki kvartira sotib olish) ko‘zlab pul to‘plash uchun ochiladi. Odatda ushbu omonat uzoq muddatga joylashtiriladi va boshqa ko‘plab depozitlardan farqli ravishda, hisobni to‘ldirib borish imkonini beradi.
    Afzallik va kamchiliklari

    Depozitning yaxshi taraflari:

    • O‘zbekistonda har qanday shartlar asosida va har qanday valyutada ochilgan barcha depozitlar Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan himoyalangan. Agar bank bilan noxush hodisa yuz bergan taqdirda ham, pul qo‘ygan kishi zarar ko‘rmaydi.
    • Depozitlar – bu kafolatlangan passiv daromad. Mukofot mijoz ishtirokisiz avtomatik ravishda jamg‘arib boriladi.
    • Depozitlar turli shartlarga ega. Shartlarning ba’zilariga ko‘ra, mijoz o‘z mablag‘larini istalgan payt yechib olishi mumkin.
    • Foydani oldindan hisoblab chiqish imkoni mavjud. Buning uchun bankning rasmiy saytidagi onlayn kalkulyatordan foydalanish yoki mustaqil ravishda foyda miqdorini aniqlab olish mumkin.
    • Pulga ega bo‘lish mexanizmi imkon boricha tushunarli va maxsus bilimga ega bo‘lishni talab etmaydi.
    • Rasmiylashtirish oson.
    Depozitning salbiy taraflari:

    Depozit – pullarni saqlash va ko‘paytirib olishning ishonchli usuli. Biroq uning ba’zi xususiyatlarini bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

    • Ba’zan inflyatsiya bank tomonidan hisoblangan foizlardan yuqori bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan foizlar kamroq daromad keltira boshlaydi. Shuning uchun juda uzoq muddatga pul qo‘yish tavsiya etilmaydi.
    • Muddatli depozitlarni muddatidan oldin yopsangiz, foydadan mahrum bo‘lishingiz mumkin. Talab qilib olinguncha depozitlar bundan istisno, biroq ularda foiz stavkasini pastroq.
    • Milliy valyuta xorijiy valyutaga nisbatan arzonlashib ketsa, siz depozitdan kam daromad olasiz, ayniqsa omonatingiz qisqa muddatga joylashtirilgan bo‘lsa. Biroq bunday holatlarda pullarni yechib olishga shoshilmaslik kerak, chunki vaqt o‘tib kurs yana barqarorlashsa, foizlar bo‘yicha foyda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
    Depozit bo‘yicha foizlar qanday hisob-kitob qilinadi?

    Depozitlar bo‘yicha foizlar – bu mablag‘laringizdan foydalanganlik uchun bank tomonidan sizga to‘lanadigan pul. Aniq hisob-kitob uchun yillik foiz stavkasi tushunchasidan foydalaniladi. Yillik foiz stavkasi – bu bir yil davomida bank mijozning pullaridan foydalanib, buning uchun unga taqdim etadigan mukofot puli. Foiz stavkalarini hisoblab yozishda nominal va effektiv foiz stavkalaridan foydalaniladi.

    Nominal foiz stavkasi:

    Nominal foiz stavkasi – bu depozit summasiga asoslangan foizlar. Misol uchun, siz 23 foiz oddiy foiz stavkasi bo‘yicha 2 yil muddatga 1 million so‘m miqdorida depozit ochdingiz.

    • Bir yildan keyin ko‘radigan foydangiz – 1 230 000 so‘m
    • Ikki yildan keyin ko‘radigan foydangiz – 1 460 000 so‘m
    Ya’ni foizlar faqat 1 million so‘mga qo‘shib hisoblanadi.

    Effektiv foiz stavkasi (kapitallashtirish):

    Omonatning asosiy summasiga ma’lum davriylik bilan (har oy, har uch oyda bir, har yil) foizlar qo‘shib boriladi. Ushbu foiz stavkasi pul qo‘yuvchiga ko‘proq daromad keltiradi.

    Masalan, siz foizlarni avtomatik kapitallashtirish (har oylik kapitallashtirish) shartlari bo‘yicha 2 yil muddatga 23 foiz stavka bo‘yicha 1 million so‘m miqdorida depozit ochdingiz:

    • Bir yildan keyin ko‘radigan foydangiz – 1 255 863 so‘m.
    • Ikki yildan keyin ko‘radigan foydangiz – 1 577 193 so‘m.
    Ya’ni 23 foiz har oy ko‘payib boradigan depozit summasiga nisbatan qo‘llaniladi.

    Shuni unutmangki, banklar depozit shartnomasining muddati tugashiga qadar foiz stavkasi va daromadni hisoblab yozish usulini o‘zgartirishga haqli emas.

    Depozit ochishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

    Agar depozit ochishga qaror qilgan bo‘lsangiz, quyidagi jihatlarni inobatga oling:

    • foiz stavkasi. Stavka qancha yuqori bo‘lsa, omonatdan foydalanish imkoniyati shuncha cheklangan bo‘ladi. Masalan, hisobvaraqni to‘ldirish yoki undan pul yechib olish imkonsiz bo‘lishi mumkin;
    • depozitning minimal va maksimal summasi.
    • pullarni qisman yoki to‘liq yechib olish shartlari.
    • nominal yoki effektiv foiz stavkasi, kapitallashtirish bor-yo‘qligi.
    • muddatni uzaytirish imkoni (avtomatik tarzda yoki mijozning talabiga ko‘ra bo‘lishi mumkin).
    Depozit eng oddiy investitsiya qilish usullaridan biri hisoblanib, undan foydalanish uchun maxsus bilim talab etilmaydi. Shuningdek, depozit bilan kafolatlangan va barqaror daromadga erishish mumkin. Jismoniy shaxslarning omonatlari sug‘urta orqali himoyalangani bois pullardan mahrum bo‘lish xavfi juda oz.

    Depozitlar, shuningdek, boshqa aktivlarga qilingan sarmoyalar bo‘yicha moliyaviy yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirishga yordam berishi mumkin.

    Sarmoyalaringiz omadli bo‘lsin!

    Reklama huquqi asosida.

    22.09.2022, 18:00   Izoh (0)   18124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kundalik” kompaniyasi foydalanuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi

    22.09.2022, 15:00

    Robot-jarroh: orzumiz ro‘yobga aylandi

    22.09.2022, 12:00

    ISFT instituti qulay talablar asosida yangi o‘quv dasturlariga qabul qilishini e’lon qildi!

    22.09.2022, 09:00

    Toshkent shahrida “yashil” rivojlanish va qayta tiklanadigan energetika masalalari muhokama qilindi

    21.09.2022, 19:30

    ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi formatdagi uchta yangi do‘konlari ketma-ket o‘z faoliyatini boshladi

    21.09.2022, 18:00

    O‘zbekistondagi ilk business-friendly marketpleys: Vibo brendi bozorga o‘ziga xos model bilan kirib keldi

    21.09.2022, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Vinisius uchun kurashga kirdi

    Sport | 19 iyul, 11:59

    Chevrolet yangilangan Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshladi

    Avto | 19 iyul, 11:55

    Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:46

    Tramp “Epshteyn ishi” bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi

    Dunyo | 19 iyul, 11:35

    Foto: Namangan dalalarida paxta ochildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:15

    Shov-shuvli janjallar tufayli karyerasini o‘z qo‘li bilan barbod qilgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyul, 10:55

    Ukraina Rossiyaning bir qancha shaharlariga dron hujumlarini amalga oshirdi

    Dunyo | 19 iyul, 10:40

    “Bu ketishda kelajak avlod daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa” — Alisher Qodirov daraxtlar kesilishi haqida

    O‘zbekiston | 19 iyul, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.