AQSHda professional bokschi Isayya Jons o‘qqa tutilgan.
Bu haqida The Ring nashri bokschining sobiq murabbiyi Roshon Jonsga tayanib xabar bermoqda. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, sportchi akasi bilan janjaldan so‘ng boshidan o‘q yeb vafot etgan.
Detroyt politsiya departamenti 28 yoshli bokschi qarindoshi tomonidan otib o‘ldirilganini tasdiqladi. Biroq hozircha voqea haqida boshqa ma’lumot berilmagan.
Isayya Jons 9-7 rekord qayd etgan, jumladan, uchta jangida nokaut bilan g‘alaba qozongan. Bokschi professional faoliyatini 2016-yilda boshlagan va Roshon Jons qo‘l ostida dastlabki 8 jangida zafar quchgan, ammo boshqa murabbiyga o‘tganidan so‘ng keyingi 8 ta jangning 7 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)