Fransiya terma jamoasi sentabr oyidagi yig‘inga asosiy tarkibning ko‘plab futbolchilarini jalb qila olmadi.
Darvozabon Ugo Lyoris, himoyachilar Ibrohima Konate, Presnel Kimpembe, Lyuka Ernandes, Teo Ernandes, Lyuka Din, yarim himoyachilar Pol Pogba, Ngolo Kante, Adriyen Rabyo, hujumchilar Kingsli Koman va Karim Benzema yig‘inni o‘tkazib yubormoqda.
Qayd etish kerak, ushbu yig‘inda fransuzlar JCH—2022 oldidan so‘nggi rasmiy o‘yinlarni o‘tkazadi.
Amaldagi jahon chempionlari Millatlar Ligasi doirasida Avstriya (22-sentabr) va Daniyaga (25-sentabr) qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)