Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hozirda ko‘plab ish izlovchilarni kunlik ishlar jalb qilmoqda, chunki bunday ish turlarida maoshni bir oy kutish shart emas, kun oxirida olish mumkin. Bu haqda “Daryo”ga HeadHunter xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘z navbatida, ish beruvchilar xodimlar uchun moslashuvchan to‘lov shartlarini taklif qilishga tayyor.

Asosan, bunday shartlar kuryerlar va haydovchilarga taqdim etiladi — hozirda bu kasblar eng talabgir hisoblanadi.

Ulardan tashqari terimchilar, ustalar, yuk ko‘taruvchilar, kassirlar, oshpazlar, ofitsiantlar, promouterlar, floristlar va boshqalar kunlik bandlikni afzal ko‘rmoqda.

Ularning bir kunlik daromadi 70 ming so‘mdan 450 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Aksariyat ish takliflarida ish izlovchining tajribasi yoki oliy ma’lumotli bo‘lishi ham shart emas. Buning uchun o‘z vaqtida ishni bajarish va mas’uliyatli bo‘lish kifoya.

Bundan tashqari, barcha bo‘sh ish o‘rinlarining yarmidan ko‘pi (58 foiz) moslashuvchan jadvalni taklif qiladi. Bu bandlikni asosiy ish bilan birlashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Avvalroq O‘zbekistonda paxta terimi otryadlariga qariyb 2 mln nafar terimchi biriktirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh

Ахмаджон Жабборов

23 sentabr, 15:02

Олдин иш ўринларини яҳшилаб таминлаб қўйинглар кегин ёзинглар. Ҳамма жойни корупция босиб ётибди. Гуёки сизлар беҳабарси

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?