Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e’lon qilganidan keyin Rossiya fond bozori 10 foizga quladi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Moskva fond birjasi indeksi 200 dan ortiq punktni yo‘qotdi yoki 9,6 foizga, RTS indeksi 100 punktni yo‘qotdi yoki 11,8 foizga tushib ketdi. Pasayish yetakchilari orasida Yandex, PIK va “Surgutneftegaz” kompaniyalari aksiyalari bor.

Toshkent vaqti bilan 13:35 holatiga ko‘ra, Moskva birjasi indeksi 2 161 punktni tashkil etdi, bu oxirgi savdo sessiyasining yopilishidan 2,43 foizga past. RTS indeksi 3,04 foizga pasayib, 1 119 punkt bo‘lib turibdi.

Rossiya valyutasi rublning qiymati ham pasaymoqda. Ayni paytda rubl deyarli 4 foizga tushdi. 

Rublga nisbatan dollarning qiymati iyun boshidan buyon maksimal darajaga ko‘tarildi — 62,8 rubl. Shunga qaramay, tahlilchilar yaqin orada kotirovkalar tiklanishini kutmoqda. 

Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi