Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyihani birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar 2022—2024-yillarga mo‘ljallangan sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha ajratiladi.
O‘zbekiston va OTB o‘rtasida loyihalarning joriy portfeli 3,7 milliard dollarlik 24 ta loyihadan iboratligi ma’lum qilindi.
Bular infratuzilmaviy qurilish, energetika, uy-joy komunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalardir.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ipoteka bozori sektorini rivojlantirish va budjetni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy qiymati 650 million dollarlik 2 ta loyiha bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.
Mazkur loyihalar bo‘yicha bitimlarni joriy yil oxirigacha imzolash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.
Avvalroq O‘zbekistonda suv ta’minoti bo‘yicha 20 ta investitsiya loyihasi 1,8 mlrd dollar qarz hisobidan moliyalashtirilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)