• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suriyalik 20 mingdan ortiq qochqin noqonuniy ravishda Turkiya orqali Gretsiya va Yevropaga harakatlanmoqda

    Sentabr oyi boshidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Suriya shimolida yashovchi aholilar o‘rtasida Turkiya orqali Yevropaga ko‘chib ketishga chaqiruvchi kampaniyalar avj oldi. Bir necha hafta ichida bu harakatga o‘n minglab odamlar qo‘shildi. Yevropada esa allaqachon Anqara suriyaliklar uchun YIga yo‘l ochayotgani haqida ayblovlar paydo bo‘lgan. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Hafta boshida yuzlab suriyaliklar Yevropaga chiqish uchun Turkiyaga bostirib kirishga harakat qilgan. Ammo ular Suriyaning Idlib viloyatini nazorat qiluvchi guruhlar tomonidan to‘xtatib q0lingan.

    Suriya shimolidagi Idlib deeskalatsiya zonasidagi vaziyatni nazorat qiluvchi “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhi jangarilari 13-sentabr kuni Bobda yig‘ilgan suriyalik tinch aholi olomonini tarqatib yubordi. Ular Turkiya hududi orqali Yevropaga borishni xohlamoqda.

    Bu voqea bir necha mustaqil suriyalik jurnalistlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan. Arab ommaviy axborot vositalari va muxolifatga yaqin bo‘lgan Suriyada inson huquqlarini monitoring qilish markazining sayti ham Idlibda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida yozgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, seshanba (13-avgust) kuni chegara punktida 300-500 ga yaqin odam to‘plangan.

    “Idlib va ​​Aleppodagi suriyaliklar taqdiri noma’lumligini anglagach, ularda immigratsiya g‘oyasi paydo bo‘la boshladi. Bu Turkiyaning Suriya rejimiga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarganidan va Turkiya rasmiylari, jumladan, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining Suriya rejimi bilan murosa hamda ikki tomon o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi bayonotlaridan keyin sodir bo‘ldi.

    Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Chavusho‘g‘li haqiqatan ham “Suriyada barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning sharti muxolifat va rejim o‘rtasidagi kelishuvlarga erishishdir”, — deb aytgan edi.

    Bularning barchasi Suriya shimolida norozilik “bo‘roni”ga sabab bo‘ldi. Bu hudud Turkiyaga sodiq Suriya muxolifati tomonidan nazorat qilinadi. Garchi turk vaziri, “holat mutlaqo bunday emas”, — deya qasam ichgan bo‘lsa-da, ular Anqara o‘z manfaatlariga xiyonat qilish niyatida, degan qarorga kelgan.

    Prezident Erdo‘g‘anning suriyaliklarni Turkiyaga qaytarishda faol ishtirok etish niyati, ayniqsa, kelasi yili bo‘lib o‘tadigan parlament va prezidentlik saylovlari munosabati bilan olovga moy sepgandek bo‘ldi.

    BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada ro‘yxatga olingan suriyaliklar soni 3,6 million kishidan oshadi. May oyida Erdo‘g‘on Anqara bir million suriyalikning vataniga qaytishiga imkon beruvchi yangi loyiha tayyorlayotganini ma’lum qilgan edi. Buning uchun Suriya shimolida o‘n minglab uylar qurilmoqda. Turkiya Ichki ishlar vazirligi suriyaliklarning 70 foizi o‘z vataniga qaytishni xohlayotganini da’vo qilmoqda. Biroq ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar statistikasi buning aksini ko‘rsatadi.

    Ayni paytda Turkiyada suriyaliklarning ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyat qizg‘inlashib bormoqda. Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz fonida ularning ahvoli og‘irlashdi. Mahalliy aholi bilan tortishuvlar tez-tez sodir bo‘ldi. Eng muhimi, Turkiya hukumati tomonidan ularga qo‘yiladigan talablar keskinlashdi.

    Suriya Inson huquqlari monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya yil boshidan buyon 8 mingdan ortiq suriyalikni, jumladan “noqonuniy kirish” uchun deportatsiya qilgan. Avgust oyi boshidan buyon deportatsiya qilinganlar soni 1,2 ming kishidan oshadi. Bu odamlarning ko‘pchiligi Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan chegarasini kesib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.

    Shu fonda sentabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadagi suriyaliklarni Yevropaga kirishda ruxsat olish uchun birlashishga chaqirgan “Nur karvoni” nomli guruhlar paydo bo‘ldi. Ikki hafta muddat ichida 85 ming dan ortiq odam Telegram’dagi “Nur karvoni”ning asosiy guruhiga qo‘shilgan. Biroq guruh tashkilotchilarining shaxsi, shuningdek, ularning biron bir tuzilma yoki tashkilotlarga aloqadorligini aniqlashning hali ham iloji topilganicha yo‘q.

    Bayonotlarga qaraganda, bu odamlar Damashqqa nisbatan keskin muxolif pozitsiyasida, biroq Turkiyaga sodiq.

    Biz, Turkiya tuprog‘idagi suriyaliklar, sizdan bu tuproqda quvg‘inga uchragan qochqinlarga najot bo‘ladigan qo‘llab-quvvatlovingizni so‘raymiz. Shuningdek, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va OAVning g‘amxo‘r odamlaridan ham yordam so‘raymiz”, — deydi guruh a’zolari.
    Nashrlarda, shuningdek, “Nur karvoni” turk xalqi va davlatidan minnatdor ekanini ta’kidlagan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda minglab suriyaliklar allaqachon Germaniyaga ko‘chib o‘tgani haqidagi sharhlar bilan televizion kadrlar paydo bo‘ldi. Biroq Telegram’dagi “Nur karvoni” guruhi ma’muri “bu kadrlarning ularga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotchilar jarayonni boshlash ustida ishlamoqda.

    Ayni paytda, ko‘plab suriyaliklar uchun Karvon yaxshi hayot uchun so‘nggi umiddir. Guruh a’zolaridan biri o‘z farzandlarining baxtli kelajagi umidida Yevropaga borishni orzu qilishini aytdi. U uch yildan beri Turkiyada yashaydi, rafiqasi va ikki farzandi Damashqda qolgan. “Turkiyada ham ish yo‘q, chidab bo‘lmas yashash sharoiti, kelajak ham yo‘q”, — deydi u.

    “Nur karvoni”dan har kuni o‘nlab odamlar Turkiyadan Yevropaga quruqlik va dengiz chegaralari orqali borishga harakat qiladi. Ularning asosiy maqsadi Germaniya. Yevropa Ittifoqi muhojirlarning yangi to‘lqini haqida gapirmoqda.

    Frontex ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyida Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarida 188 mingdan ortiq noqonuniy kirish holatlari aniqlangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga ko‘pdir. Migratsiya inqirozi avjiga chiqqan 2016-yildan beri bunday ko‘rsatkichlar kuzatilmagan.

    Qayd etilishicha, G‘arbiy Bolqon yo‘nalishi YeIga kirishning eng faol yo‘li bo‘lib qolmoqda. Ko‘p sonli noqonuniy chegarani kesib o‘tish holatlari G‘arbiy Bolqonda (Albaniya, Bosniya va Gersegovina, qisman tan olingan Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Chernogoriya) ham qayd etilgan. Lekin Turkiyaga ishora qiluvchilar ham yetarlicha mavjuddir.

    Biz Turkiyadan Yevropaga eshiklarni keng ochdik. Shu sababli Chexiya va qo‘shni Yevropa davlatlariga kelayotgan noqonuniy suriyalik muhojirlar soni ortib bormoqda. Qolaversa, ular o‘z mamlakatidan emas, balki Turkiya orqali kelishadi.

    Vit Rakusan Chexiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri

    Chexiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyida mamlakat hududida 3 ming 600 dan ortiq noqonuniy migrantlar qo‘lga olingan bo‘lib, ularning 90 foizi Suriya fuqarolaridir.

    17.09.2022, 14:14   Izoh (0)   39117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Katta adron kollayderi energiya inqirozi tufayli muddatidan ikki hafta oldin to‘xtatiladi

    17.09.2022, 13:15

    Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradosh viloyatda favqulodda vaziyat rejimini e’lon qildi

    17.09.2022, 13:07

    Politico: Fransiya ukrainalik askarlarni yashirincha o‘qitmoqda

    17.09.2022, 12:14

    Fotoreportaj: Italiyada kuchli bo‘ron sababli yuz bergan suv toshqini oqibatlari— suratlarda

    17.09.2022, 11:18

    Bayden Rossiyani yadro quroli qo‘llagan taqdirda kutiladigan oqibatlar haqida ogohlantirdi

    17.09.2022, 10:22

    AQSH razvedkasi: Xitoy 2027-yilgacha Tayvanni egallab olishga tayyorlanishni boshlaydi

    17.09.2022, 09:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.