• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Hayoti davomida ko‘plab sinovli kunlarni boshidan o‘tkazgan jahonga mashhur insonlar (foto)

    Pul va shon-shuhrat ham mashhurlarning hayotdagi qiyinchiliklari uchun ishonchli qalqon bo‘la olmaydi. Wday nashri dunyoga mashhur, ammo hayoti qiyinchiliklarga boy bo‘lgan yulduzlar haqda so‘z yuritdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Yuz minglab va millionlab gonorar olish, kino premyeralarda ishtirok etish, qimmatbaho uylarda yashash – bularning barchasi juda jozibali tuyiladi, lekin hammasining ham o‘ziga yarasha to‘lovi bor. Albatta, hech bir mashhur inson o‘zini baxtsiz deb bilmaydi. Chunki bu karyeraning tugashini anglatadi. Ammo o‘tmishda olingan jiddiy ruhiy jarohat kelajakda soya solmasligiga hech kim kafolat bermaydi.

    Kianu Rivz

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Aktyor Jennifer Saym bilan 1998-yilda uchrashishni boshlagan, bir yildan so‘ng uning sevgilisi farzand kuta boshlagan, ammo ularning qizi Ava Archer Saym-Rivs o‘lik tug‘ilgan. Rivz va Jennifer birgalikda bunday fojiani unuta olmadi va ajrashishga qaror qildi. 2001-yilda giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgan Saym avtohalokat natijasida vafot etdi.

    Besh yil o‘tgach, aktyor shunday dedi: “Men ularni sog‘indim, chunki ular mening hayotimning, men esa ularnikining bir qismi edim. Qiziq, agar ular tirik bo‘lganida hayotimiz qanday bo‘lardi, biz nima qilayotgan bo‘lar edik? Men hech qachon sodir bo‘lmaydigan narsalarni sog‘indim”.

    Rivzning hayotidagi yo‘qotishlar uning faoliyatiga ta’sir qildi. Aktyorga taklif tushishi kamayib bordi. Ammo osoyishtalik yillari o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli loyihalarga bo‘shatib berdi. Aktyor o‘tmishdagi qayg‘ularni yengib, faoliyatini qayta boshlashga muvaffaq bo‘ldi.

    Sharliz Teron

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Bu go‘zal va muvaffaqiyatli ayolga qarab, u ham qachonlardir og‘ir kunlarni boshdan kechirganiga ishonish qiyin. Sharliz Janubiy Afrikada o‘sgan. Uning otasi, ichkilikka berilgan va zolim inson bo‘lib, bir kuni akasi bilan uyga mast bo‘lib kelgan va Sharliz hamda uning onasi Gerdani o‘ldirish bilan tahdid qilingan. Qiz esa onasi otasini otib akasini yaralaganiga guvoh bo‘ldi. Sud voqeani o‘zini himoya qilish deb topdi va onasini qotillik ayblovidan ozod qildi.

    Aktrisa ABC News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: “Men nima bo‘lganini ko‘rdim. Agar qizim hozir xuddi shunday holatda bo‘lganida, men ham onam kabi ish qilgan bo‘lardim. O‘ylaymanki, bu vaziyatdan chiqish uchun menga uzoq vaqt kerak bo‘ldi, chunki bu siz bilan sodir bo‘lishi mumkinligini hech qachon tasavvur qilmaysiz. Odatda odamlar buni boshqa birov bilan sodir bo‘lishi mumkin deb o‘ylashadi, lekin o‘zlari bilan emas.

    Jim Kerri

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    2000-yillarning boshlarida Jimning hayotida nima sodir bo‘lgani aniq noma’lum, shuning uchun uning karyerasi 90-yillarda bo‘lgani kabi noto‘g‘ri yo‘nalishda keta boshladi. Ehtimol, ichki nizo Jimning jiddiy dramatik aktyor bo‘lishni xohlaganligi bilan bog‘liqdir.

    Intervyulardan birida aktyor uning orzusi “Oskar” ekanini aytdi, ammo u ekranda paydo bo‘lganda faqat kulgiga sabab bo‘lsa, qanday qilib orzu qilingan haykalchani olish mumkin? Biroq Jim dramalar uchun mukofot olmadi.

    Aktyorning hayotidagi eng katta zarba 2015-yilda, uning sobiq sevgilisi Katriona Uayt katta dozada kuchli ta’sir ko‘rsatadigan dorilarni qabul qilib, o‘z joniga qasd qilganida yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz onasining maktubi ta’sirida o‘zini o‘ldirishga qaror qilgan, unda u qizini Gollivud yulduzi Jim bilan munosabatlarni qura olmagani uchun haqorat qilgan.

    Jimning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqealar tufayli u hali ham chuqur tushkunlikda. “Men uni har doim kuchli ayol deb bilganman va u bizning ajralishimizga bardosh berishiga amin bo‘lganman, ammo unga qattiq zarba berganimga shubha qilmayman”, — deydi aktyor.

    Rouz Makgouen

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Aktrisaning bolaligi Italiyada “Xudoning bolalari” deb nomlangan sektada o‘tgan. Ota-onasi Italiyani tark etib, AQSHga ko‘chib o‘tganda Rouz 10 yoshda edi. Biroq bu uning ishini osonlashtirmadi, to‘rt yil o‘tgach, Rouz o‘zini giyohvand moddalarni davolash klinikasidan topdi.

    Keyinchalik aktrisa aytganidek, u giyohvand emasdi, lekin onasi qizini giyohvand deb da’vo qilgan sevgililaridan biriga ishondi. Rouz klinikadan buvisining oldiga qochib ketdi, so‘ngra u yerdan ham ko‘p o‘tmay vafot etgan yigit bilan qochdi.

    Shu bilan birga, aktrisaning omadsizligi uni tark etmadi — 2007-yilda u avtohalokatga uchradi, ko‘zoynakdan singan shisha uning ko‘zi va yuzining bir qismiga zarar yetkazadi. Bir nechta estetik operatsiyalardan so‘ng uning yuzi endi avvalgidek ko‘rinmaydi.

    Shanayya Tveyn

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Boyligi 400 million dollarga baholangan qo‘shiqchi Kanadaning Timmons nomli kichik shaharchasida shu qadar kambag‘al oilada o‘sganki, ularning hech qachon ovqatga puli bo‘lmagan.

    21 yoshida ota-onasi avtohalokatda vafot etdi, singlisi va ikki ukasini parvarish qilish og‘irligi butunlay uning yelkasiga tushdi. U buni amalga oshirdi va 10 yil o‘tgach, 1997-yilda Amerika musiqasi tarixidagi eng ko‘p sotilgan albomlardan biriga aylangan Come On Over albomini yozdi.

    Uning hayoti iziga tushgan vaqt — 2008-yilda yana bir momaqaldiroq bo‘ldi: uning prodyuser Matt Lang bilan nikohi 14 yillik turmushdan keyin buzildi. Ma’lum bo‘lishicha, Mett o‘z xotiniga uning dugonasi Meri Enn Tibod bilan xiyonat qilgan. Baxt yordam bermasa, baxtsizlik yordam beradi, natijada Shanayyaning o‘zi Meri Ennning sobiq eri Frederik bilan turmush qurdi.

    Maykl Duglas

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Bu aktyor har doim yetarlicha qiyinchiliklarga duch kelgan. 36 yoshida, aktyorlik karyerasi boshlanayotganida, u tog‘dan chang‘i uchayotganda shunday halokatga uchraganki, natijada karyerasini uch yilga to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri kelganini eslashning o‘zi kifoya.

    Biroq Maykl tuzalib ketdi va 40 yoshida o‘zining asosiy filmlarida, jumladan, “Uoall Strit” va “Asosiy instinkt” filmlarida rol o‘ynadi. Bir necha yil oldin, Duglas yana jiddiy sog‘liq muammolariga duch keldi — unga halqum saratoni tashxisi qo'yilgan. Biroq 2011-yilda aktyor kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi.

    Ammo uning baxtsizliklari va umidsizliklarining asosiy manbai yaqin odamlardir. Mayklning birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li Kemeron giyohvand moddalarda ayblanib qamalgan. “Albatta, o‘g‘limdan hafsalam pir bo‘ldi, — dedi aktyor intervyuda. — Ammo men tizimdan ko‘proq xafa bo‘ldim, agar odam qoqilib ketsa, haddan tashqari shafqatsiz jazo keladi. Bu mening o‘g‘lim bilan ham sodir bo‘ldi, u ikki yilni bir kishilik kamerada o‘tkazdi”.

    Shuningdek, aktrisa Ketrin Zeta-Jons bilan oilaviy hayotda ham bo‘ronlarga duch keldi. 2013-yil avgust oyida Maykl ular ajralishayotganini e’lon qildi. Buning sababi turmush o‘rtog‘ining uzoq davom etgan depressiyasi edi. Biroq bir necha oy o‘tgach, Maykl va Ketrin yana birga yashayotgani ma’lum bo‘ldi.

    Liam Nison

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Sevimli odamni yo‘qotish har doim kuchli zarba bo‘lib, uning oqibatlarini yengish juda qiyin. Liam unga ikki o‘g‘il dunyoga keltirgan go‘zal aktrisaga uylangan edi, ammo ularning birgalikdagi baxti atigi 15 yil davom etdi.

    2009-yilda Natasha Richardson chang‘i uchayotganda yiqilib, boshidan qattiq jarohat olgan. Dastlab Natasha eriga hech qanday dahshatli narsa bo‘lmaganini aytdi. Ammo zarba natijasida miya gematomasi oxir-oqibat aktrisaning o‘limiga sabab bo‘ldi.

    Vud Xarrelson

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Otasining qotil ekanini bilib ulg‘ayish qanchalar qiyin? Vud Xarrelsonning ota-onasi bo‘lajak aktyor atigi uch yoshida ekanida ajrashdi va otasi Charlz hanuzgacha ikkita qotillikda ayblanib, bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda.

    Vudi 1968-yildan 1981-yilgacha otasi bilan bog‘lanmadi, lekin oxirida u qamoqxonada u bilan uchrashishni boshladi. U hatto otasini muddatidan oldin ozod qilish uchun apellyatsiya arizasi bilan murojaat qildi, ammo bunga erisha olmadi.

    Jek Nikolson

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Hech qanday qiyinchiliklarga shubha qilib bo‘lmaydigan bu aktyorning hayotida (u dunyodagi hamma narsadan mamnunga o‘xshaydi), chuqur zarba holatini boshdan kechirgan. Jek o‘sha vaqtda 37 yoshda edi, 1974-yilda u kutilmaganda opasi Jun aslida uning onasi ekanini bilib qolgan.

    Raqqosa va aktrisa Jun o‘g‘lidan onasi ekanini yashirgan, chunki u farzandli bo‘lish Gollivudda muvaffaqiyatli karyeraga ega bo‘lish ehtimolini kamaytirishga ishongan. Jek otasi va onasi deb hisoblagan bobosi va buvisi qo‘lida tarbiyalangan. O‘sha vaqtga kelib, haqiqiy onani qoralashga juda kech edi, chunki Jun 1963-yilda saraton kasalligidan vafot etdi, ammo taniqli aktrisa bo‘la olmadi.

    Mavzuga doir:

    • Ko‘ngilsiz hodisalar tufayli jiddiy jarohat olgan jahonga mashhur insonlar (foto)
    • Jahonga mashhur shaxslar ijtimoiy tarmoqlarni tark etmoqda: buning sababi nima?
    • Xarobadan chiqqan millioner: bolaligi qashshoqlikda o‘tgan mashhurlar (foto)

    16.09.2022, 15:57   Izoh (0)   18189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzlari Robert De Niro va Meril Strip o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikning siri nimada?

    16.09.2022, 13:46

    “Qodirxon” serialidagi Davron Asqarov ikki yil ofitsiantlik qilgani, klipini kanallarda “aylantirolmagani” va birdan vazn to‘plagani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.09.2022, 10:57

    “Yulduzlik kasali”ga uchragan turk yulduzlari Burak O‘zchivit va Nurgul Yeshilchay sahnada asl yuzini ko‘rsatdi. Turk kinosi kunlari ochilishidan reportaj (foto, v...

    16.09.2022, 01:16

    Tomoshabinlarni ishontirish uchun aktyorlar hamma narsaga tayyor bo‘lgan 12 ta holat (foto)

    15.09.2022, 19:41

    Qirolicha Yelizaveta II o‘zi amal qilgan va butun dunyoga o‘rgatib ketgan 5 ta tavsiya

    15.09.2022, 17:48

    Gollivud yulduzi Jennifer Eniston shahzoda Garrining qo‘shnisiga aylandi (foto)

    15.09.2022, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.