Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoning eng badavlat va mashhur odamlari o‘z karyerasini dabdaba bilan boshlamagan — ular tunni ko‘chada o‘z mashinalarida yoki do‘stlarining divanlarida uxlab o‘tkazgan. Shunga qaramay, “Oskar”, “Gremmi” va “Emmi” g‘oliblari o‘zlarining achinarli o‘tmishlarini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri bolaligi qashshoqlikda o‘tgan, ammo vaqt o‘tib, muvaffaqiyatga erishgan mashhurlarning hikoyasi bilan bo‘lishdi.

Mila Kunis

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Mila 7 yoshida Ukrainadan oilasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan. Intervyulardan birida aktrisa oilasi cho‘ntagida 250 dollar bilan vatanini tark etganini aytib o‘tgandi. Kunisning aytishicha, u va uning turmush o‘rtog‘i Eshton Katcher o‘z farzandlarini mehnatning qadri bilan tarbiyalamoqchi. “Ikkalamiz ham qashshoqlikda o‘sganmiz va har bir ishlagan dollarning qiymatini yaxshi bilamiz. Bizga hech narsa osolikcha berilmagan”, — deydi aktrisa.

Selena Gomes

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Selena Texasda 16 yoshida dunyoga keltirgan yolg‘iz ona tomonidan tarbiyalangan. Uning oilasi ko‘pincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2011-yilda xonanda bergan intervyusida onasi bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda ishlab, oilasini boqish uchun kurashganini ma’lum qilgan. Aynan qashshoqlikda o‘tgan bolalik qizga hozirda butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarni hayratga soladigan yulduz bo‘lishga yordam berdi.

Eminem

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Otasi oilani tark etgandan so‘ng bo‘lajak reper va onasi doimiy ravishda shtatdan shtatga ko‘chib yashadi. Eminem 9-sinfda yomon baholar tufayli maktabni tashlab ketdi. 1996-yilda o‘zining debyut albomini chiqargandan so‘ng hip-hop yulduzi Dr. Dre bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik butun dunyoda mashhurlikka erishdi.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

“Oskar” sovrindori ko‘p yillar davomida Los-Anjelesning eng qashshoq hududida o‘sganini, u yerda tez-tez jismoniy zo‘ravonlik va giyohvand moddalar ta’siriga duchor bo‘lganini ochiq aytdi. Leonardo Di Kaprio uni kino qutqarganini ko‘p takrorlaydi. Ona o‘g‘lining aktyorlikka intilishlarini o‘z vaqtida anglab yetdi va bola uchun bir nechta kastinglar topib, agentliklarga murojaat qildi. 15 yoshida u Robert De Niro bilan “Bu bolaning hayoti” filmida rol o‘ynadi. O‘shandan keyin Leonardo Di Kaprio ismli yigitning hayoti keskin o‘zgardi va uning aktyorlik karyerasi gullab yashnadi.

Jastin Biber

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Mashhur qo‘shiqchi Kanadaning Ontario shahrida yolg‘iz ona Patti Mallett tomonidan tarbiyalangan. Bolaligida Jastin ko‘p vaqtini yolg‘iz o‘tkazgan, chunki onasi oilasini boqish uchun ko‘plab kam maoshli ishlarda ishlagan. Muxlislarga ma’lumki, bo‘lajak xonanda 2008-yilda YouTube’da menejer Skuter Braun tomonidan kashf etilgan. O‘shandan keyin Jastin eng nufuzli musiqachilardan biriga aylandi.

Sara Jessika Parker

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Aktrisa Manxettenda sakkiz farzandli katta oilada o‘sgan. Uning onasi va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan o‘gay otasi tirik qolish va oilani boqish uchun kurashgan. Gollivud yulduzi bolalik chog‘ida ular tez-tez elektr energiyasini to‘lamaganliklari uchun o‘chirib qo‘yishganini, oilada tug‘ilgan kunlar nishonlanmaganini va shuning uchun Sarada hali ham pulni tejash odati borligini eslaydi. Biroq ota-ona har doim qiziga ishonch bildirgan va qo‘llab-quvvatlagan.

Opra Uinfri

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Agar mashaqqatli mehnat muvaffaqiyat olib kelishini isbotlash kerak bo‘lsa, unda Opra mukammal namunadir. Tok-shou boshlovchisi yolg‘iz ona qo‘lida tarbiya topgan va bolaligini asosan buvisi bilan Miluokining qishlog‘ida o‘tkazgan. Keyin kichik oila ijtimoiy ta’minotga tayandi. Hozirda Uinfrining boyligi 2,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Jim Kerri

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Gollivudning eng buyuk komik aktyorlaridan biri har doim ham kulib yashamagan. Kanadalik aktyor otasi ishdan bo‘shatilganda o‘smirlik davrida maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lgan va ota-onasiga yordam berish uchun farrosh, qo‘riqchi bo‘lib ishlagan. Oila oxir-oqibat uyidan ayrilganida, Jim, uning ota-onasi, ukasi va opa-singillari furgonda yashashgan. Qandaydir tarzda o‘zlarini boqish uchun butun oila yana fabrikaga ishlashga ketadi. Kerri butun bolaligida akasi va opasi bilan birga u yerda hojatxonalar va pollarni yuvgan.

Joan Rouling

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Roulingning otasi Rolls-Royce zavodida muhandis bo‘lib ishlaganiga qaramay, oila hech qachon hashamatga cho‘milmagan. Garri Potter kitoblari, filmlari va tegishli mahsulotlardan milliardlab daromad olgan yozuvchi bir vaqtlar ijtimoiy himoyaga tayangan va depressiyaga qarshi kurashgan yolg‘iz ona edi. Joan hayotining qiyin davrida Edinburgdagi kafelarda Garri Potter haqidagi mashhur kitoblarning qo‘lyozmalarini yozgan va hozirda butun Britaniyadagi eng badavlat ayollardan biri hisoblanadi.

Jey Zi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Reper va tadbirkor Jey Zi o‘z faoliyatini Bruklinda boshlagan va u yerda yolg‘iz ona tomonidan tarbiyalangan. U maktabni tashlab, giyohvand moddalarni sotishni boshladi, buning uchun u 16 yoshida hibsga olindi. Endi reper dunyodagi eng muvaffaqiyatli musiqa magnatlaridan biriga aylandi, tungi klub va Bruklin Nets basketbol jamoasining egasi. U Beyonse bilan turmush qurgan va uch nafar farzandi bor.

Arnold Shvarsenegger

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Avstriyalik aktyor, siyosatchi va bodibilder bolaligini otaning qattiq tarbiyasi ostida o‘tkazdi. Natijada Kaliforniyaning sobiq gubernatori 1971-yilda avtohalokatga uchragan otasi va ukasining dafn marosimida qatnashishdan bosh tortdi. Vaqt o‘tib, Shvarsenegger kinoda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va oxir-oqibat AQShga ko‘chib keldi.

Tom Kruz

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Tom Kruzning bir vaqtlar qashshoqlikda yashaganini tasavvur qilish qiyin. Bo‘lajak aktyor Nyu-Yorkning Sirakuz shahrida o‘sgan oddiy yosh yigit edi. U zo‘ravon ota qo‘lida katta bo'lgan. Kruzning onasi u 11 yoshida oilani tark etgan, otasi esa ko‘p o‘tmay vafot etgan. Yetim va qashshoq qolgan Kruz shou-biznesning eng tubidan boshlab, nom qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda u eng ko‘p maosh oladigan Gollivud yulduzlaridan biri bo'lib, uning boyligi 270 million dollarga baholanmoqda.

50 sent

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Reper 50 sent Nyu-Yorkning Kvins hududida yashagan. Bolaligida u qashshoqlikni, ijtimoiy tengsizlikni ko‘rgan, beshik o‘rniga o‘q ovozlarini eshitgan. Ijrochi yoshligida 80-yillardagi krek epidemiyasi paytida giyohvand moddalarga qaram bo‘lib qoldi. 2000-yilda reper o‘lim yoqasida qoldi, u giyohvandlik biznesini tark etishga uringanidan keyin 9 marta otib tashlandi. 2002-yilda Eminem bilan uchrashganida uning hayoti keskin o‘zgardi. U dunyodagi eng mashhur reperlardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Xolli Berri

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Notinch oilada o‘sgan Berri otasining haqoratiga har kuni guvoh bo‘lganini tez-tez eslaydi. Keyin ota-onasi u to‘rt yoshga to‘lganda ajrashdi. Shundan so‘ng, Xolli va uning katta singlisi Ogayo shtatida onasi qo‘lida tarbiyalangan, u yerda Berri 1986-yilda “Ogayo go‘zali” tanlovida g‘olib chiqishdan oldin o‘rta maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng aktrisa modellik biznesiga kirish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi va 1989-yilda u hatto uysizlar boshpanasida yashashga majbur bo‘ldi. Ammo hozir hammasi uzoq o‘tmishda qoldi.

Demi Mur

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Mashhur aktrisa piyonista onasi  (reabilitatsiyadan chiqqanidan keyin u bilan aloqalarini butunlay uzdi) va o‘z joniga qasd qilgan o‘gay otasi bilan katta bo‘lgan. U tirishqoq o‘quvchi edi, lekin oxir-oqibat o‘rta maktabni tashlab, qarz yig‘ish agentligiga ishga kirdi. Shu bilan bir qatorda, qiz o‘zini modellik va aktrisalikda sinab ko‘rdi va “Arvoh” filmida suratga tushgandan keyin muvaffaqiyatga erishdi.

Silvestr Stallone

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Silvestr Stallone va uning ukasi Frenkning bolaligi og‘ir kechgan. O‘g‘il bolalar ota-onalarining dushmanlik munosabati tufayli doimiy ravishda bir oiladan ikkinchisiga o‘tib yashagan. Oxir-oqibat ular Filadelfiyaga keldi va u yerda onasi va uning ikkinchi eri bilan yashadi. U aktyorlik bilan shug‘ullanish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishga qaror qilganida, kun kechirish uchun g‘alati ishlarni bajarishga majbur bo‘ldi. U hatto hayvonot bog‘idagi sher qafaslarini ham tozalagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda