• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Yulduzlik kasali”ga uchragan turk yulduzlari Burak O‘zchivit va Nurgul Yeshilchay sahnada asl yuzini ko‘rsatdi. Turk kinosi kunlari ochilishidan reportaj (foto, video)

    15-sentabr kuni “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Turkiya kinosi kunlari”ning ochilish marosimi hamda kino ijodkorlar ishtirokida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbirlari mazkur kechada ishtirok etib, foto va videoreportaj tayyorlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Turk kinosini qadrlovchi minglab o‘zbek tomoshabinlari tadbir boshlanishidan ancha avvalroq “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida qarshisida to‘planishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kirish yo‘laklari ana shunday qizil gilamlar va rang-barang chiroqlar bilan bezatildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbirda kinoyulduzlar, taniqli rejissorlar, o‘zbek san’ati vakillari, turk kinosi muxlislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbir davomida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqdi. Uning qayd etishicha, festival davomida namoyish etiladigan filmlarning 3 tasi turk kinosidir. Kelgusida ham turk kinosi vakillari bilan hamkorlik izchil davom etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Burak O‘zchivitning navbatdagi tashrifi ham shovqin-suronli bo‘ldi. Ya’ni uni bu gal ham muxlislari xotirjamlikda qarshi olishmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbek aktrisalari turkiyalik hamkasblari bilan uchrashuvni tarixga muhrlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kecha “Daryo” kameralari nishoniga tushmagan aktrisa Rayhon Ulasenova “Turk kino kunlari”ning ochilish marosimiga katta qizi va hamkasbi Sitora Farmonova bilan birga tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Zal tomoshabinlar bilan to‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sahnaga turk kinoyulduzlari Mustafo Ug‘ur Yag‘chiog‘lu, Pinar Yazchiog‘lu, Nazif Tunch, Murad Aydin, Azra Akin, Gizem Lidiya Denizchi, Sevdar Goo‘kxan, Chelal Al, Tuba Unsul, Nurgul Yeshilchay, Burak O‘zchivit sahnaga taklif etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Burak O‘zchivit “Sevgi iztirobi”dagi raqibi Amirni o‘zbekchada gapirtirgan aktyor Alisher Uzoqov bilan sahnaga chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbir davomida tomoshabinlar va turk kinosi vakillari o‘rtasida erkin muloqot tashkil etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Alisher Uzoqov va Burak O‘zchivit kichik sahna ko‘rinishini jonlantirishdi. Bu chiqish ikki millat tomoshabinlariga xush kayfiyat ulashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nurgul Yeshilchay sahnadagi o‘rindiqda o‘zini qirolichadek his qilayotganini va unga faqatgina toj yetishmayotganini aytib, hazil qildi. Tabdirga boshlovchilik qilgan aktrisa Shahzoda Muhammedova unga boshidagi bejirim tojni tuhfa etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nurgul Yeshilchay ham muxlislari bilan erkin muloqotga kirishib, ularni qiziqtirgan bir nechta savollarga javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yoqimtoy bloger Erali tadbirda singlisi bilan tashrif buyurdi. U singlisiga Burak O‘zchivit bilan uchrashish va unga qo‘shiq kuylab berish baxtini tuhfa etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aktrisa Barchin G‘ofurova turk kinosining shaydosi emasligi va Burak O‘zchivitni unchalik yoqtirmasligini aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Turk kino kunlari”ning ochilish marosimiga bir guruh san’atkorlar ham tashrif buyurishdi. Ular “Daryo” muxbiri bilan festival taassurotlarini o‘rtoqlashishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Afsuski, turk kinoijodkorlari o‘rtasidagi birozgina tushunmovchilik tadbir fayziga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Jurnalist va tadbir tashkilotchisi bo‘lgan Shoira Raufboyeva o‘zining Facebook’dagi sahifasiga turk kinoijodkorlari o‘rtasida ro‘y bergan sovuq vaziyat, o‘zbek ijodkorlariga o‘rnak bo‘lishi kerakligi haqida yozib qoldirdi:

    Turkiyadan tashrif buyurgan 9 ta aktyor sahnaga chiqib, tomoshabinlar bilan yuzma-yuz bo‘lishdi. Lekin o‘zbek “burakshunoslari” va Yashilchoy muxlislari tadbirni yarmini ularni kutib, ko‘chada o‘tkazishgani, boshlovchilar ikki qayta tantana bilan e’lon qilishsa-da, ular sahnaga chiqmadi. Va nihoyat Nurgul Yeshilchay sahnani bir burchagidan chiqib, o‘sha yerda qotdi. Hamyurt hamkasblariga nazar tashladi-yu, ikki qo‘lini cho‘ntagiga solib, g‘oz turib oldi. Uzatilgan mikrofonni ham qo‘liga olishni ep ko‘rmay, boshlovchining qo‘lidagi mikrofonga egilib, “Salom, yaxshimisizlar?” deb boshqa aktyorlar yoniga borib o‘tirmasdan, sahna ortiga o‘tib ketdi. Oybek Veysal o‘g‘li to‘qqizta aktyor bilan birma-bir samimiy suhbat qildi, lekin Yashilchoy qaytmadi. Burak-ku umuman ko‘rinmadi.

    Ko‘nglimning bir chekkasidan “U shunchalik mashhurmikan, to‘qqizta hamkasbini mensimadi-ya”, degan fikr o‘tdi. Sahnadagilarni sovg‘a-salomlar bilan o‘rinlariga kuzatib qo‘yishgachgina Nurgul sahnaga chiqib keldi va uning boshiga boshlovchining tojini kiydirib, endi shou boshlanayotgan edi, 58 yildan beri kino san’atiga halol xizmat qilib, sochi oqargan, o‘zining ta’biricha “podshodan qulgacha” barcha rollarni o‘ynagan Sevdar Go‘kxan sahnaga otilib chiqib, “Tomoshamizni buzdi deb mendan xafa bo‘lmang. Ming afsus, mana bu oyog‘i yerdan uzilgan ikki hamkasbimiz sahnada biz bilan birga o‘tirishdan or qildi, aslida ular bizning safimizda bo‘lishga noloyiq. Siz odamning qiyofasiga qarab baho bermang, uning kimligini xatti-harakatlari bildirib turadi. Biz ortiq bu ikkisining ahmoqona tomoshasini ko‘rib, haqoratni jimgina yutib keta olmaymiz. Biz bu yerni hoziroq tark etamiz”, —  deb to‘qqiz turk ijodkori bilan zalni tark etishdi. Ularning ortidan elchixona vakillari ham chiqib ketishdi va shu bilan bugungi tadbirning fayzini ham olib ketishdi.

    To‘liq reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir: Burak O‘zchivitdan Lyuk Bessongacha. Jahon yulduzlarini jamlagan Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimidan reportaj (foto, video)

    16.09.2022, 01:16   Izoh (0)   69943
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tomoshabinlarni ishontirish uchun aktyorlar hamma narsaga tayyor bo‘lgan 12 ta holat (foto)

    15.09.2022, 19:41

    Qirolicha Yelizaveta II o‘zi amal qilgan va butun dunyoga o‘rgatib ketgan 5 ta tavsiya

    15.09.2022, 17:48

    Gollivud yulduzi Jennifer Eniston shahzoda Garrining qo‘shnisiga aylandi (foto)

    15.09.2022, 15:43

    Gollivud yulduzi Vupi Goldberg nima sababdan qoshlari yo‘qligiga izoh berdi

    15.09.2022, 13:59

    “Konfutsiy ta’limoti bizning milliy g‘oyalarimizga juda mos keladi”. Konfutsiy instituti direktori Shahriyor Safarov bilan suhbat

    15.09.2022, 11:30

    Burak O‘zchivitdan Lyuk Bessongacha. Jahon yulduzlarini jamlagan Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimidan reportaj (foto, video)

    14.09.2022, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.