Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi "Samarqand Dori-darmon" AJga qarashli dorixona binosi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. “E-auksion” portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra bino sotilgan.
1981-yilda qurilgan ushbu bino 3 qavat, 41 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,2 gektar. Binoning maydoni — 492 kvadrat metr. Dorixonada gaz, suv, elektr ta’minoti mavjud bo‘lsa-da, kanalizatsiya tizimi yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi 2 mlrd so‘m edi. 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan savdoda dorixona 2,1 mlrd so‘mga sotildi.
Auksion g‘olibi sifatida “Jamshidjon universal savdo” xususiy korxonasi ko‘rsatilgan.
Avvalroq MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan Toshkentdagi hovli boshlang‘ich narxidan ikki barobar arzonga sotilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)