Rossiyalik tadbirkor Mixail Fridman o‘zining 1 milliard dollarlik shaxsiy boyligini o‘zi asos solgan Ukraina bankiga o‘tkazishni taklif qilmoqda, bu taklif Buyuk Britaniyani unga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga undashdan iborat. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.
“Qora ro‘yxat”ga tushgan ko‘plab rossiyalik tadbirkorlar, shuningdek, butun bank va kompaniyalar G‘arbdagi rasmiylarga yashirincha shu kabi kelishuvlarni taklif qilmoqda.
Buyuk Britaniya har qanday sanksiyadan qochishni ma’qullamaydi, — deydi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bu holatga izoh berar ekan.
Fridmanning o‘zi bunday taklif berganini rad etadi, ammo Britaniya allaqachon WSJ’ga bu haqda ma’lum qilgan.
Mart oyidan boshlab Fridmanning Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Kompaniyalar va sarmoyadorlar o‘zlari sanksiyaga duchor bo‘lmaslik uchun u bilan aloqalarini uzmoqda.
Fridman taklif qilayotgan mablag‘ Ukrainadagi infratuzilma, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bilan bog‘liq muhim loyihalarni moliyalashtirishga sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Mixail Fridman Rossiya Alfa bankining nazorat paketiga ega. U va uning biznes hamkorlari Petr Aven, German Xan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan, biroq hozirgacha AQSH sanksiyalaridan qochib qutilishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Roman Abramovichning London imperiyasi sanksiyalar yomg‘iri ostida parchalanib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)