O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi qarorlari 11-sentabr kuni e’lon qilindi.
“Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.
Mutaxassis o‘yindan keyin hakamga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan va uni turtib yuborib, ommaviy tartibsizlik kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
“Surxon” bosh murabbiy Anxel Lopes “OKMK”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun jarimaga tortilgan. Ispaniyalik mutaxassis raqib jamoa ustozi Mirjalol Qosimov qo‘l uzatgan vaqtda “No respect” deya baqirgan va “OKMK” ma’murining bel qismidan turtib yuborgan.
O‘zbekiston Kubogi chorak finali doirasidagi “Nasaf” — “Lokomotiv” uchrashuvidagi tartibsizliklarga sababchi bo‘lgan Kaxi Maxaradze, Asilbek Omonov (ikkisi “Lokomotiv”) hamda Azamat Soyibov, Umidjon Ergashev (“ikkisi Nasaf”) jarimaga tortilgan.
“Navbahor” va “Paxtakor” o‘rtasidagi kubok o‘yinida tartibsizlik keltirib chiqargan mezbonlar futbolchisi Davron Rahimov ham jarimaga tortilgan.
Izoh (0)