Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Markaziy bank 2022-yilning 8 oyida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Unga ko‘ra, aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig‘i 2017-yilga qaraganda 5,6 barobarga ko‘payib, joriy yilda 42,5 trln so‘mga yetgan. 

Toshkent shahri 2022-yilda ajratilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha qolgan viloyatlarga qaraganda bir necha bor oldinda bormoqda — 2,78 trln so‘m. Bu borada 771 mlrd so‘m ko‘rsatkich bilan Farg‘ona keyingi o‘rinda qayd etilgan. 

Kreditlarning 78 foizi yangi qurilgan — birlamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Yil boshidan beri 50 mingga yaqin fuqaroga ipoteka kreditlari berilgan. 

Kredit rasmiylashtirayotgan mijozlar 48 344 nafar bo‘lsa, ularning 59 foizini erkaklar, 41 foizini ayollar tashkil etgan. Ipoteka kreditlarining asosiy qismini 31-50 yosh oralig‘idagi fuqarolar olmoqda — 70 foiz. 

Yil boshidan beri ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari:

  • Moliya vazirligi — 6,7 trln so‘m;
  • Bank o‘z mablag‘lari —  12,3 trln so‘m;
  • Ipotekani qayta moliyalashtirish manbalari — 114,3 mlrd so‘m.

Banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi yil boshidan beri 1,1 foizga yuqorilab, hozirda 23,5 foiz bo‘lib turibdi.

Yangi tartib doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari esa 2022-yilda deyarli o‘zgarmagan — 17,2 foiz. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi