Italiyaning San-Juliano Milaneze shahridagi kimyo zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Yong‘in eritgichlar va xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi Nitrochimica kompaniyasiga qarashli zavodda sodir bo‘lgan.
Kamida uch kishi jarohatlangan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri og‘ir darajadagi kuyish jarohatlarini olgan. Shuningdek, voqea joyida 15 ga yaqin kishi yengil tan jarohati olgan.
Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 100 dan ortiq qutqaruvchilar ushbu keng ko‘lamli yong‘inni o‘chirishda biroz muvaffaqiyatga erishgan. Biroq bir necha ishchi jiddiy jarohat olgan, minglab litr kimyoviy moddalar hamon yonmoqda.
Guvohlarning ta’kidlashicha, yong‘indan chiqqan tutun 10 kilometr masofada ham ko‘rinib turibdi. Aholiga hozircha eshik va derazalarni yopiq saqlash tavsiya qilindi.
Avvaliga yong‘in tasodifan boshlangan deb taxmin qilingan. Prokuratura darhol tergov boshlashini ma’lum qildi. Rasmiylar hali hech qanday ekologik ofat ro‘y bermaganini ta’kidladi, biroq tozalash jarayoni qancha vaqt olishi va ob-havoga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Izoh (0)