Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yapon iyenasi o‘tgan kun davomida 2,5 foizga tushib, 1998-yil avgust oyidagi minimal darajaga yetdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Toshkent vaqti bilan soat 07:30 ga kelib, valyuta Tokio fond birjasida 1 dollar uchun 143,73-143,74 iyena kursida sotilmoqda. Nyu-York fond birjasida kurs 1 dollar uchun 143,45 iyenaga tushdi.

Yapon banki va G‘arb regulyatorlarining asosiy stavkalaridagi farq ortib borayotgani fonida iyena pasaymoqda. 

Yaponiya banki banklarning depozitlari bo‘yicha qisqa muddatli foiz stavkasini yillik -0,1 foiz darajasida ushlab turadi. 

O‘n yillik davlat obligatsiyalari bo‘yicha maqsadli daromadlilik ham nolga yaqin. 

Regulyatorning fikricha, bu bozorlarni rag‘batlantirishga va inflyatsiya maqsadini 2 foizga yetkazishga yordam beradi. 

Shu bilan birga, G‘arb regulyatorlari inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun stavkalarni oshirmoqda.

Avvalroq Yaponiyada inflyatsiya 2,6 foizga yetib, 2014-yildan beri eng tez sur’atda o‘sayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi