O‘zbekistonliklar avgust oyida o‘rtacha 5 million so‘m oylik kutgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” ma’lum qildi.
Tegishli maosh ish joyi tanlashning asosiy mezoni bo‘lib qolishiga qaramay, ko‘pchilik ish izlovchilar yangi joyda kafolatlangan ishga erishish uchun umidlarini kamaytirishga tayyor emas. Pandemiyadan keyingi voqeliklar odamlarning odatiy turmush tarziga o‘z tuzatishlarini kiritdi.
Endi ish izlovchilar uchun ishdagi barqarorlik va yaxshi ijtimoiy paket muhim mezonga aylandi. Eng manfatli paket — bu xodimlarning salomatligi va farovonligini saqlashga qaratilgan paket. Bular tibbiy sug‘urta, korporativ psixolog, sport zali to‘lovlari va boshqalar.
Ko‘pincha bunday shartlar O‘zbekistonning yirik va xalqaro kompaniyalari tomonidan taklif etiladi. Bunday kompaniyalarda bo‘sh ish o‘rinlari uchun raqobat har bir lavozimga taxminan 6-8 kishini tashkil qiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 4 million so‘mdan ko‘p rasmiy oylik oladiganlar soni ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)