Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda ko‘p miqdorda banan, mango, papaya kabi mevalar yetishtirilmasa-da, ammo ular tajriba tariqasida ekilayotgan yer maydonlaridan yaxshi hosil olinmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qovun daraxti yoki papaya — tropik va subtropik issiq mintaqalarda o‘suvchi mevali daraxt bo‘lib, sovuqqa chidamsiz. Ushbu daraxt 25 yildan oshiqroq muddat mobaynida gullab-yashnaydi.

“Papain”, ya’ni qovun daraxti mevasini oziq-ovqat sanoatida go‘shtni yumshatish, pivo tayyorlash, saqichlar tayyorlashda ishlatiladi. 

Tibbiyotda esa undan qorason yaralarni, onkologik kasalliklarni hamda bo‘g‘im, yurak-qon tomir tizim xastaliklarini davolashda foydalaniladi. To‘qimachilik sanoatida ipak ishlab chiqarish, junlarni yumshatishda asqotadi. Kosmetikada undan ajoyib sovun va shampunlar olinadi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qovun daraxtining pishgan mevasi insonga C vitaminini 100 foiz, provitamin A ning esa 60 foiz kunlik me’yorini berishi mumkin. Bundan tashqari, uning tarkibida kalsiy, magniy, kaliy, natriy, temir, fosfor va boshqa ko‘plab mikroelementlar mavjud.

Papain mamlakat yer maydonlarida ham sinov-tajriba tariqasida ekilmoqda. U asosan Hindiston, Braziliya, Indoneziya, Avstraliya, Nepal, AQSH, JAR, Nigeriya kabi mamlakatlarda ko‘p miqdorda yetishtiriladi.

Yetishtirish 

Qovun daraxti asosan, urug‘idan ko‘paytiriladi. Ammo uni qalamchalash va payvand qilish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Urug‘i eti va plyonka qobig‘idan ajratiladi va so‘ngra soyada quritiladi. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Ular zich yopiladigan idishda saqlanadi, bunday holatda ularning unuvchanligi uzoq vaqt saqlanadi. Qovun daraxti tuproqqa u qadar talabchan emas, lekin uni qumoq tuproqqa ekmaslik kerak. 

Uni ekayotganda tuproqni ortiqcha namlash kerak emas, bunday sharoitlarda qovun daraxtining ildizi chirish kasalligidan zararlanadi. Qovun daraxti ko‘chatlarini yilning istalgan vaqtida yetishtirish mumkin. Buni bahorda, sernam ob-havoda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Tuproq-iqlimga mos navlar 

Har bir mamlakatda shu joyning tuproq-iqlimiga mos va kasallik hamda zararkunandalarga chidamli muayyan turlar yetishtiriladi. 

Qovun daraxtining mevalarini bir necha kungacha saqlash mumkin va u qaynatilgan holida oziq-ovqatga ishlatiladi. Uning ko‘pgina madaniylashgan va yovvoyi turlari mavjud: “Garleaguercifolia Solms”, “Carica”,  “Bourgani Solms”, ekvador qovun daraxti – “Chiysopetala Hells” va boshqalar. 

Qovun daraxtining g‘o‘za singari bir yillik shakllari ham bor bo‘lib, ular urug‘idan sepiladi va yil oxirida yig‘ib olinadi. Tez hosilga kiradi. U urug‘i ekilgach, taxminan bir yildan so‘ng, gullay boshlaydi. Biroq ekilganidan uch oy o‘tib,  gullagan holatlari ham bo‘lgan.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qovun daraxti issiqsevar o‘simlik bo‘lib, uning faol o‘sishi uchun keskin o‘zgarmaydigan 23-27 darajadagi harorat zarur. Qishki davrdagi salqin havo oqimi barglarining to‘kilishiga olib keladi. 

Harorat 15 darajadan pasayganda esa, o‘simlikning umumiy o‘sishi ham sekinlashib qoladi. Havo harorati 29-31 darajadan oshsa, qovun daraxti uchun salbiy holatlar yuzaga keladi va natijada hosildorlik pasayishi mumkin.

“Papain” yil bo‘yi hosil beradi. E’tiborlisi, uning mevalari bir-biridan farq qiladi. Erkak mevalar umuman boshqacha shaklga ega bo‘ladi: ular dumaloq, uzunligi 15-20 santimetr, vazni 300-600 gramm bo‘ladi. Mevalari har xil o‘lchamda, vazni va shakl ham turlicha. 

Ular 170-230 kunda pishadi. Mevalari uzun shoxchalarda osilib turadi. Pishgan mevaning rangi urg‘ochi mevanikiga o‘xshab ketadi. Bunday mevalarni iste’mol qilish mumkin, ular sersuv, etdor, juda mayin bo‘lib, mazasi qovoqni, xurmoni va biroz tezpishar qovunlarni eslatadi. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Po‘sti yupqa bo‘lgani bois, tez buziladi. Mevalarni sarg‘aya boshlagan vaqtda uzib olish va ularni to‘liq pishgunga qadar qorong‘u joyda 3-5 kun saqlash ham mumkin.

Mevalari yangiligida iste’mol qilinadi. Ulardan jele, sirop, sharbatlar tayyorlanadi. Qovun daraxtining mevalari juda foydali va to‘yimli bo‘lgani uchun ko‘pgina tropik va substropik mamlakatlarda nonushtada sevib iste’mol qilinadi. Shuningdek, undan turli salatlar, piroglar, sharbatlar va qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.

Baxtiyorlik hissini beruvchi banan

Foydali mevalardan biri banandir. Ayniqsa, u bolalarning salomatligini mustahkamlashda asqotadi. Banan banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik hisoblanadi. U dastlab Afrika, Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagida yetishtirilgan. Hozirda asosan Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Banan daraxtining bo‘yi 15 metrgacha yetadi. Bir tup daraxt 300 donagacha, ya’ni 60 kilogrammgacha meva tugadi. Mevasi ho‘l va quritilgan holda iste’mol qilinadi.

Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.

Shuningdek, ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘la oladi. Banan oshqozon kislotasini zararsizlantirib, jig‘ildon qaynashini bartaraf etadi. Uning tarkibida suv kam bo‘lsa-da, shakari va kaloriyasi yuqori. Jismoniy mashg‘ulotlar oldidan bir dona banan iste’mol qilish quvvatning to‘liq tiklanishiga yordam beradi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Garchi banan foydali meva bo‘lsa-da, uning iste’molga yaroqsiz navlari ham bor.

U ildiz bachkilari yordamida ko‘payadi. Ayrim turlaridan baliqchilikda foydalaniladigan arqonlar, baliq ovlash to‘rlarida ishlatiladigan tola (abaka) olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?