“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh “Arsenal”ga qarshi bahsda (3:1) golli uzatmani amalga oshirdi.
Portugaliyalik APLdagi debyut qilgan sanadan (2020-yil 1-fevral) boshlab 23-golli uzatmasini amalga oshirdi. Bu eng yaxshi natija hisoblanadi.
Shu davr mobaynida Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”) 22 tadan assistni amalga oshirgan.
Top-5 likdan Harri Keyn (“Tottenhem”, 21) va Gabriel Jezus (“Arsenal”/“Manchester Siti”, 18) joy olgan.
Izoh (0)