Afg‘onistonning Hirot shahridagi “Guzargoh” masjidida 2-sentabr kuni juma namozi paytida terrorchilik harakati sodir etilgandi. O‘zbekiston TIV tinch aholi orasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan bu harakatni qat’iy qoraladi.
“Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.
Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi vazirlk baynotida.
Izoh (0)