Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni tiklaydi, deb xabar bermoqda FrequentFlyers.
Qayd etilishicha, ushbu aviakompaniya oktabrdan boshlab Novosibirskdan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona shaharlariga, shuningdek, Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urgancha shaharlariga aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Ayni paytda S7 Airlines xalqaro yo‘nalishda faqat Qirg‘iziston va Tojikistonga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dunyo mamlakatlarining Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalari tufayli Rossiyaning bir nechta aviakompaniyalari xalqaro, jumladan, O‘zbekistonga reyslarni bekor qilgandi. Xususan, S7 Airlines, iFly, “Aeroflot”, Nordwind, AZUR Air, Smartavia aviakompaniyalarining O‘zbekistonga parvozlari to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)