Daryo

APL. “Manchester Siti” safarda ochko yo‘qotdi

“Shaharliklar” g‘alabani qo‘ldan chiqardi

1 daqiqa o‘qish96 566 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turida “Manchester Siti” 3-sentabr, shanba kuni “Aston Villa” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda Erling Holand “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Leon Beyli muvozanatni tikladi.

Pep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 14 taga yetkazib, 2-o‘rindan joy oldi. “Aston Villa” esa 4 ochko bilan 17-pog‘onani band etdi.

APL

6-tur bahsi

3-sentabr, shanba

“Aston Villa” – “Manchester Siti” 1:1

Gollar: 0:1 – 50 Holand, 1:1 – 74 Beyli.

“Aston Villa”: Martines, Kesh (Yang, 27), Mingz, Konsa, Din, Makginn (Koutinyo, 65), Kamara, Duglas Luis, Remzi, Uotkins, Beyli (Buendia, 90+1).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker (Ake, 80), Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva (Marez, 73), Foden, Holand.

Ogohlantirishlar: Kesh (26), Din (71).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar