Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turida “Liverpul” 3-sentabr, shanba kuni “Everton” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar birin-ketin hujum uyishtira boshladi. 71-daqiqada Konor Koudi hisobni ochdi. Biroq VAR ushbu golni o‘yindan tashqari holatda urilgan deb hisobladi. Qolgan daqiqalarda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Durang natijadan so‘ng Yurgen Klopp shogirdlari ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 5-o‘rinni band etdi. Frenk Lempard jamoasi esa 4 ochko bilan 14-pog‘onadan joy oldi.
APL
6-tur bahsi
3-sentabr, shanba
“Everton” – “Liverpul” 0:0
“Everton”: Pikford, Patterson, Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Devis (Guye, 62), Onana, Grey, Mope, Ivobi, Gordon (Maknil, 82).“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 59), van Deyk, Gomes, Simikas (Robertson, 59), Fabinyo, Elliott (Matip, 80), Karvalyu (Firmino, 46), Saloh, Dias, Nunyes (Diogu Jota, 80).
Ogohlantirishlar: Onana (38), van Deyk (76), Fabinyo (90+2).
Izoh (0)