Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, davlat rahbari erta tongda Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
“Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)