• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mixail Gorbachyov davlat rahbarligiga qanday keldi va nimalar bilan yodda qoldi? (foto)

    SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov 91 yoshida Moskvada vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumdi. “RBK” uning qanday qilib davlat rahbarligiga kelgani va nimalar bilan esda qolgani haqida maqola tayyorladi.

    Mixail Gorbachyov 4 yoshida

    Mixail Gorbachyov 4 yoshida
    Foto: Getty Images

    Mixail Gorbachyov 1931-yilda Stavropol o‘lkasida tug‘ilgan. Otasi mashina-traktor stansiyasida, onasi esa kolxozda ishlagan. Gorbachyovning o‘zi maktab davridayoq kombaynchining yordamchisi sifatida ishlashni boshlagan, 18 yoshida u Mehnat Qizil Bayrog‘i ordeni bilan taqdirlangan.

    Foto: AP Photo

    1950-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga o‘qishga kirdi, 1952-yilda esa KPSS (Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi)ga a’zo bo‘ldi. Yuridik fakultetni tamomlaganidan keyin biroz vaqt Stavropol o‘lkasi prokuraturasida ishladi, so‘ng mahalliy Komsomol tashkilotlariga o‘tdi va u yerda o‘z karyerasini qurishni boshlab, 1962-yilga kelib, o‘lkasi komsomoli rahbariga aylandi. O‘sha yiliyoq unga partiya ishiga o‘tishni taklif qilishdi: “O‘lka Komsomol qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanganimdan keyin va partiya o‘lka qo‘mitasi byurosiga a’zolikka nomzod bo‘lganimdan keyin partiya ishi bilan ham ko‘proq shug‘ullana boshladim: tumanlarga safarlar, qarorlarni tayyorlashda, plenum va aktivlarda turli masalalar muhokamalarida qatnashishlar”, — deb yozgan Gorbachyov “Hayot va islohotlar” kitobida. 1970-yilga kelib, u mintaqa rahbariga aylandi. U yerda u KGB (SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi)ning o‘sha paytdagi rahbari Yuriy Andropov bilan tanishdi. Gorbachyovning so‘zlariga ko‘ra, keyinroq Andropov bosh kotib bo‘lib ishlagan vaqtda u rahbarning ishonchi va ko‘magini his qilib turgan.

    O‘rta qatorda chapdan o‘ngga: SSSR Vazirlar kengashi raisi Nikolay Tixonov, KPSS Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Mixail Gorbachyov, KPSS MQ bosh kotibi, SSSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Konstantin Chernenko

    O‘rta qatorda chapdan o‘ngga: SSSR Vazirlar kengashi raisi Nikolay Tixonov, KPSS Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Mixail Gorbachyov, KPSS MQ bosh kotibi, SSSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Konstantin Chernenko
    Foto: “RIA Novosti”

    1978-yilda Gorbachyovga KPSS Markaziy qo‘mitasi — oliy partiya organi kotibi bo‘lishni taklif qilishdi. Ikki yildan keyin u Markaziy qo‘mita Siyosiy byurosiga kirdi. Bosh kotib lavozimini Gorbachyov 1985-yilda, Konstantin Chernenkoning vafotidan keyin egalladi. SSSR rahbari bo‘lish uchun u ancha yosh — 54 yoshda edi. Bundan tashqari, uning avvaldan tayyorlab qo‘yilgan matnsiz, “qog‘ozchasiz” nutq so‘zlash tarzi fuqarolarda katta taassurot qoldirdi.

    Foto: AP Photo

    Gorbachyov bosh kotib lavozimini egallab, qayta qurish (perestroyka) boshlanganini e’lon qildi, u totalitar tizimdan ketishni anglatuvchi yangi siyosiy va iqtisodiy yo‘nalish edi. O‘sha yillarning ramzlaridan biri davlat va jamiyatning ko‘proq ochiq bo‘lishiga qaratilgan oshkoralik (glasnost) siyosati bo‘ldi. “Oshkoralik to‘g‘risida”gi rezolyutsiya imzolanishidan oldinoq mamlakatda chet el radiostansiyalari signallarini to‘sib qo‘yish bas qilindi. 1990-yilda Matbuot to‘g‘risidagi qonun davlat senzurasini yo‘q qildi.

    Chapdan o‘ngga: AQSH vitse-prezidenti Jorj Bush (katta), AQSH prezidenti Ronald Reygan va KPSS MQ bosh kotibi Mixail Gorbachyov Gavernors-Aylend oroliga sayr chog‘ida

    Chapdan o‘ngga: AQSH vitse-prezidenti Jorj Bush (katta), AQSH prezidenti Ronald Reygan va KPSS MQ bosh kotibi Mixail Gorbachyov Gavernors-Aylend oroliga sayr chog‘ida
    Foto: “TASS”

    Gorbachyov g‘arblik rahbarlar bilan faol ravishda uchrashuvlar olib bordi. 1989-yilda AQSH prezidenti katta Jorj Bush bilan muzokaralar natijasida aslida sovuq urushga nuqta qo‘yildi. Gorbachyov SSSR AQSHni harbiy dushman deb hisoblamaslikka tayyorligini ma’lum qildi, buning ortidan Oq uyning ham xuddi shunday bayonoti yangradi. AQSH va SSSR yetakchilarining uchrashuvidan sal avvalroq Berlin devori qulagandi. “Devor qulaganidan keyin bir oy o‘tib, Maltada prezident Bush bilan uchrashib, Germaniya masalasida o‘zaro xatti-harakatlar to‘g‘risida ham kelishib oldik. Va shu munosabat bilan ramziy holda sovuq urush rasman tugaganini e’lon qildi”, — deya xotirlagandi Gorbachyov.

    Afg‘onistondan qaytib kelayotgan sovet harbiylarining kutib olinishi. O‘zbekiston SSR, Termiz, 1989-yil 6-fevral

    Afg‘onistondan qaytib kelayotgan sovet harbiylarining kutib olinishi. O‘zbekiston SSR, Termiz, 1989-yil 6-fevral
    Foto: “TASS”

    1988-yilda esa Gorbachyov Afg‘onistondan sovet qo‘shinlarini olib ketishni boshladi.

    Mixail Gorbachyov Kiyev aholisi bilan uchrashuvda, 1989-yil 20-fevral

    Mixail Gorbachyov Kiyev aholisi bilan uchrashuvda, 1989-yil 20-fevral
    Foto: “TASS”

    Gorbachyov iqtisodiyotda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar uchun tanqid qilindi. Ichkilikbozlikka qarshi kurash bo‘yicha siyosat ham fuqarolar noroziligiga sabab bo‘ldi.

    Mixail Gorbachyov qasamyod qabul qilish chog‘ida, 1990-yil

    Mixail Gorbachyov qasamyod qabul qilish chog‘ida, 1990-yil
    Foto: “TASS”

    1990-yilda Gorbachyov KPSSning rahbarlik roli haqidagi Konstitutsiya nizomini bekor qilib, mamlakatda prezident lavozimini kiritish zarurligini aytib chiqdi. Keyinroq xalq deputatlari qurultoyida u SSSR prezidenti etib saylandi — u ushbu lavozimni egallagan birinchi va yagona insonga aylandi.

    Mixail Gorbachyov “Berlin devori” yodgorlik majmuasida, 1998-yil

    Mixail Gorbachyov “Berlin devori” yodgorlik majmuasida, 1998-yil
    Foto: Getty Images

    1990-yilda Mixail Gorbachyov xalqaro maydonda tinchlik jarayonidagi roli uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. “Men qo‘mitangiz qarorini Sovet ittifoqida yuz berayotgan o‘zgarishlarning ulkan xalqaro ahamiyatining  tan olinishi sifatida qabul qilaman. Bizning yangicha fikrlash siyosatimizga nisbatan ishonch sifatida, u yerda XX asr oxirida kuch, qurol jahon siyosatining asosiy dastagi sifatidagi o‘rnini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri kelishi haqidagi maslakka asoslanadi”, — degan edi Gorbachyov 1991-yilda Osloda o‘zining Nobel ma’ruzasida. O‘z nutqida u SSSRdagi ichki muammolarga ham to‘xtalib o‘tgandi: “Olti yil ichida biz jamiyatni yangilash va qayta tuzish yo‘lida turgan to‘siqlarning ko‘pchiligini olib tashladik. Biroq jamiyat erkinlikni qo‘lga kiritganidan keyin, u uzoq vaqt oyna ortida yashamaganmi, o‘zini tanimay qoldi. Ziddiyatlar va illatlar tashqariga sochilib chiqdi, hatto qon ham to‘kildi. Ammo ko‘p qon to‘kilishidan mamlakatni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. Islohotlar mantig‘i ularning rad etilishi mantig‘i va betoqatlik mantig‘i bilan to‘qnash keldi”.

    SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovning xalqqa videomurojaatidan lavha, u 1991-yil 20-avgustda Forosdagi dachada uy qamog‘ida saqlanayotgan paytida yozib olingan

    SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovning xalqqa videomurojaatidan lavha, u 1991-yil 20-avgustda Forosdagi dachada uy qamog‘ida saqlanayotgan paytida yozib olingan
    Foto: “RIA Novosti”

    Gorbachyov 1991-yil dekabrida MDH tashkil topib, undan keyin yuz bergan voqealardan so‘ng SSSR prezidenti lavozimini tark etdi. 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshida ittifoq respublikalarida vaziyat keskinlashdi, ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi, hukumatlar harbiy kuch qo‘lladi. 1991-yil aprelida Gorbachyov va o‘nta respublika rahbarlari yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqishga kelishib oldi. Avgustda, hujjat imzolanishi arafasida, prezidentning yaqin doirasidagi oliy mansabdorlardan bir qanchasi Davlat favqulodda holat qo‘mitasi (DFHQ) tuzilganini e’lon qildi, u esa mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilinishini yoki hokimiyat vaqtinchalik vitse-prezident Gennadiy Yanayevga topshirilishini talab etdi. O‘sha payti Qrimda dam olishda bo‘lgan Gorbachyov bundan bosh tortdi va Foros shahridagi davlat dachasida uch kunga izolyatsiya qilindi. O‘sha vaqtda prezidentni qo‘riqlagan general-mayor Lev Tolstoy keyinroq intervyu berib, o‘sha davrni xotirlagandi: “Albatta, uning qo‘l ostida ishlaydiganlarda savollar tug‘ilgandi. Ulardan biri Mixail Sergeyevichga aynan qay tarzda xizmat ko‘rsatish — prezident sifatidami yoki boshqa kimdir sifatidami. Gorbachyovni hech kim vakolatlaridan mahrum qilmaganini tushuntirishga to‘g‘ri kelgan”.

    SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov va RF prezidenti Boris Yelsin RSFSR Oliy kengashi navbatdan tashqari sessiyasining kechki yig‘ilishida, 1991-yil 23-avgust

    SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov va RF prezidenti Boris Yelsin RSFSR Oliy kengashi navbatdan tashqari sessiyasining kechki yig‘ilishida, 1991-yil 23-avgust
    Foto: “RIA Novosti”

    Moskvaga kelganidan keyin Gorbachyov davlat tuzumini izloh qilish loyihasini tayyorlashni boshladi, dekabrga ittifoq respublikalari rahbarlari bilan uchrashuv belgilandi. Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Gorbachyov ishtirokisiz Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tashkil etish haqida bitim imzoladi. 25-dekabr kuni Mixail Gorbachyov fuqarolarga yo‘llagan murojaatida iste’foga chiqishini e’lon qildi: “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkil topishi bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli SSSR prezidenti lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman. Ushbu qarorni prinsipial nuqtai nazardan qabul qilyapman. Men xalqlarning mustaqilligi, respublikalar suverenitetini qat’iy yoqlab chiqqandim. Ammo ayni vaqtda ittifoq davlatini, mamlakat yaxlitligini saqlab qolish tarafdori ham edim. Voqealar boshqa yo‘lga burilib ketdi. Mamlakatni bo‘laklarga ajratish va davlatni bo‘lib tashlash yo‘nalishi ustun chiqdi, men bunga rozi bo‘lolmayman”. O‘sha kuni kechqurun Kreml tepasiga SSSR davlat bayrog‘i o‘rniga Rossiya Federatsiyasi bayrog‘i o‘rnatildi.

    Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosatshunoslik tadqiqotlari xalqaro fondi prezidenti Mixail Gorbachyov, 1992-yil

    Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosatshunoslik tadqiqotlari xalqaro fondi prezidenti Mixail Gorbachyov, 1992-yil
    Foto: “RIA Novosti”

    Mixail Gorbachyov o‘zining so‘nggi farmoni bilan KPSS Markaziy qo‘mitasi qoshidagi sobiq tadqiqot institutlari bazasida Gorbachyov fondini tashkil qildi va o‘zi unga rahbar bo‘ldi. Fond ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. 1993-yilda Gorbachyov “Novaya gazeta”ning egadoshiga aylandi.

    SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov saylov uchastkasida, 1996-yil 16-iyun

    SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov saylov uchastkasida, 1996-yil 16-iyun
    Foto: AP Photo

    1996-yilda Gorbachyov prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘yib, 1 foizdan ham kam ovoz to‘pladi.

    Mixail va Raisa Gorbachyova Reykyavikda, 1986-yil 13-oktabr

    Mixail va Raisa Gorbachyova Reykyavikda, 1986-yil 13-oktabr
    Foto: Reuters

    Mixail Gorbachyovning rafiqasi Raisa Maksimovna sovet davlati rahbarlari rafiqalari ichida birinchi bo‘lib omma oldiga turmush o‘rtog‘i bilan birga chiqishni boshlagan. Bu jamoatchilik orasida turlicha munosabatlarni keltirib chiqardi, xususan, u mamlakatni bosh kotib bilan tengma-teng boshqarayotgani haqidagi fikrlar ham yangradi. Xalqaro maydonda u iliq kutib olindi: Gorbachyov shaxsiy hayotining ochiqligi ham SSSRda vaziyat va siyosiy yo‘nalish o‘zgarganidan dalolat berardi. Raisa Gorbachyova jamoatchilik faoliyati va xayriya bilan shug‘ullangan. G‘arbda uning bashang kiyinishiga e’tibor berishgan, ammo keyinroq Gorbachyovning o‘zi aytib berishicha, rafiqasiga taniqli modelyerlar emas, balki Moskvadagi atelyelardan biri liboslar tayyorlab bergan. Ular talabalik davridayoq turmush qurgan. “Og‘ir, urushdan keyingi davrlar edi, ikkalamiz ham MDU talabalari edik, men yuridik fakultetda, u esa falsafa fakultetida o‘qirdik. Pulimiz kam edi, to‘y uchun qo‘shimcha ishlab pul topishga to‘g‘ri kelgan: kombaynda kartoshka terganman. Oq kelin ko‘ylakka pul yetkazganmiz, atelyeda shifondan tikib berishgan. Tuflini esa Raisa dugonasidan olib turgan. Hatto FHDYoda bir-birimizga uzuk ham taqmaganmiz — uzukni unga yillar o‘tganidan keyin hadya qilganman”, — deb eslagandi Gorbachyov.

    Raisa Gorbachyova 1999-yilda leykozdan vafot etdi. 2007-yilda Sankt-Peterburgda tashkil etilgan Bolalar gemetologiya va transplantologiya institutiga uning nomi berilgan. Mixail Gorbachyov boshqa oila qurmadi, uning bir qizi, ikki nevarasi va bir evarasi bor.

    Foto: Getty Images

    2011-yilda Londondagi Royal Albert Hall zalida Mixail Gorbachyovning 80 yoshiga bag‘ishlab, Gorby-80 katta xayriya kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kevin Speysi va Sheron Stoun boshlovchilik qildi. Tadbirda London simfonik orkestri va Katta teatr artistlari ham qatnashdi.

    Foto: AP Photo 

    31.08.2022, 15:33   Izoh (0)   22864
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xarkovda yangi qurbonlar, Drujkovkada hujumga uchragan maktab. Urushning 188-kunidan fotoreportaj

    31.08.2022, 15:10

    “Tolibon” Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlar to‘liq olib chiqilgan kunni dam olish kuni deb e’lon qildi

    31.08.2022, 15:03

    Gorbachyovning davlat dafn marosimini o‘tkazish to‘g‘risida hali qaror qabul qilinmadi — Kreml

    31.08.2022, 14:23

    AQSH xorijiy davlatlarning Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlaridan xavotir bildirdi

    31.08.2022, 14:09

    Oq uy Erondan Rossiyaga dronlar yetkazib berilganini tasdiqladi

    31.08.2022, 13:40

    AQSHda maymunchechakdan birinchi o‘lim qayd etildi

    31.08.2022, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.