Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressdan Tayvanga 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishni ma’qullashni so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico nashri uchta manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ehtimoliy paket hamon ko‘rib chiqish bosqichida turibdi, unga 355 million dollarlik 60 ta AGM-84L Harpoon Block II kemaga qarshi raketalari va 85,6 million dollarlik 100 ta AIM-9X Block II Sidewinder “havo-havo” sinfidagi taktik raketalar kirishi mumkin.

Shuningdek, manbalarga ko‘ra, paket razvedka radarini ishlab chiqish bo‘yicha 655,4 million dollarlik shartnomani uzaytirishni o‘z ichiga oladi.

Nashr suhbatdoshlari taxmin qilishicha, tashabbus Vakillar palatasi va senatning vakolatli qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin, katta ehtimol bilan sotuv ma’qullanadi. Biroq Kongressda ta’til davom etayotganini hisobga olganda, jarayon cho‘zilib ketishi mumkin, deb hisoblaydi ular.

Keyinroq Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Pen’yuy AQSHni Tayvanga qurol sotishni to‘xtatishga chaqirdi va bu “yagona Xitoy” tamoyiliga zid ekanini aytdi.

Xitoy va Tayvan aloqalari orolga 2-avgust kuni AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifidan keyin keskinlashdi. XXR Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi va uning Xitoy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan mamlakatlar vakillari bilan aloqalariga qarshi chiqadi, bunday muloqotlar uning suverenitetini buzadi, deb hisoblaydi. AQSH, o‘z navbatida, Pelosining safari ularning Tayvanga nisbatan siyosatiga muvofiq kelishini va “ziddiyat uchun hech qanday sabablar yo‘q”ligini qayd etdi.

Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban Xitoy harbiylari o‘q otish mashqlari bilan dengiz va havo mashg‘ulotlarini boshladi.

Pekin 1949-yilda Xitoydan mustaqil bo‘lib ajralib chiqqanini e’lon qilgan orolni o‘z hududi deb hisoblaydi. Xitoy hukumati Pelosining tashrifini keskin tanqid qilib, Pelosi ataylab provokatsiya uyushtirgani va “yagona Xitoy” tamoyilini buzganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi