Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda 27-avgust kuni 11 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Shu kuni ro‘yxatga olingan bemorlarning:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 2 nafari Toshkent viloyatida,
- 7 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
“Emlanish — koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli. Shunday ekan, yurtdoshlarimizni o‘z vaqtida va to‘liq dozalarda vaksina olishlarini so‘raymiz”, — deyiladi SSV xabarida.
Izoh (0)