Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, kaltaklagani, ko‘p o‘tmay ayolni pichoqlab, o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
“Daryo” muxbiri marhuma yashagan mahallaga borib, ayolning qo‘shnilari va mahalla raisi bilan suhbatlashdi hamda fojianing sabablarini o‘rganishga harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)