Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mashhurlar o‘z hayotlarining tafsilotlarini bajonidil baham ko‘rishlariga qaramay, ba’zi jihatlarini yashiradi. Misol uchun, ular oila va yaqinlar haqida gapirishga shoshilmaydi. Shu sababli ba’zi yulduzlarning munosabatlari haqida tasodifiy paydo bo‘ladigan faktlar ko‘pincha muxlislarning ajablanishiga sabab bo‘ladi. AdMe nashri mashhur shaxslarning tarjimai holini o‘rganib chiqib, ularning ko‘pchiligini oilaviy rishtalar bog‘lashini aniqladi.

Anjelina Joli va Jaklin Bisset

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Gollivud yulduzi Anjelina Jolining mashhur cho‘qintirgan onasi bor — bu britaniyalik aktrisa Jaklin Bisset. U Truffoning “Amerika kechasi” (1973), “Tubsizlik” (1977) va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari bilan tanilgan. Bisset Jolining onasi Marshelin Bertrandning yaqin dugonasi edi. Shuning uchun Anjining cho‘qintirgan onasi bo‘lish sharafiga aynan u muvaffaq bo‘lganligi ajablanarli emas. Aytgancha, Jaklin Joli bilan “Janob va Smit xonim” (2005) filmida rol o‘ynagan. Ammo uning ishtirokidagi sahnalar lentaning oxirgi versiyasiga kiritilmagan.

Glenn Klouz va Bruk Shilds

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ko‘plab mukofot sohiblari Glenn Klouz va Bruk Shilds uzoq qarindoshlardir. Glennning bobosi Charlz Artur Mur va Brukning buvisi Meri Elsi Mur aka-singil.

Kortni Koks va Mettyu Perri

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Amerikalik televideniye yulduzlari Kortni Koks va Mettyu Perri shunchaki do‘st emas, balki amakivachchalardir. Bunday xulosaga MyHeritage genealogik sayti tadqiqotchilari keldi.

Melissa Makkarti va Mark Uolberg

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Tomoshabinlarga “Ayg‘oqchi” filmidagi roli bilan tanish bo‘lgan Melissa Makkarti va ikki karra “Oskar” mukofotiga nomzod Mark Uolberg o‘ziga xos munosabatlarga ega: aktrisaning amakivachchasi hamkasbining akasi bilan turmush qurgan.

Rozanna Arkett va Patrisiya Arkett

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Rozanna va Patrisiya Arkett nafaqat bitta familiya, balki qarindoshlik bilan ham bog‘langanligini ko‘pchilik bilmaydi. Aktrisa opa-singillar katta aktyorlik oilasining vakillari. Ularning oilasida qolgan uchta farzand ham o‘z hayotini kino bilan bog‘lagan, ammo ular orasidan opa-singillar Rozanna va Patrisiya mashhurlikka erishdi.

Jeyson Sudeykis va Jorj Vendt

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Tomoshabinlaning sevimli yulduzi Jeyson Sudeykis uning oilasidagi yagona yulduz emas. Jeysonning amakisi amerikalik komediyachi va kino aktyori Jorj Ventdir.

Uorren Bitti va Shirli Makleyn

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Bonni va Klayd” va “Bagsi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan Uorren Bitti aktrisa Shirli Makleynning ukasi. Ularning ikkisi ham Amerika kino akademiyasining faxriy mukofotiga sazovor bo‘lib, kasbda yuksak cho‘qqilarni zabt etgan.

Dayon Uorvik va Uitni Xyuston

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Muxlislar tomonidan sevib tinglanadigan “I Will Always Love You” taronasi muallifi Uitni Xyuston oilasida hayotini musiqaga bag‘ishlagan yagona odam bo‘lmagan. Uning onasi Emili Xyuston o‘zining Sissi taxallusi bilan mashhur bo‘lgan va hatto ikkita “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Uitnining amakivachchasi esa pop yulduzi Dayon Uorvik bo‘lib, u faoliyatida 6 ta “Gremmi” haykalchasini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Makoley Kalkin va Maykl Jekson

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi va estrada qiroli “Black or White” klipining suratga olish maydonida uchrashdi va tezda til topishib ketdi. 22 yosh farqqa qaramay, ular o‘rtasida mustahkam do‘stlik paydo bo‘ldi va Makoley Jeksonning qizi Perisning cho‘qintirgan otasiga aylandi. Aktyor hozirgi kungacha o‘z qizi bilan aloqada bo‘lib, uning hayotida faol ishtirok etadi.

Benedikt Kamberbatch va malika Diana

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, mashhur Sherlok va malika Diana uzoq qarindoshlar ekan. Ajablanarlisi shundaki, ularning umumiy ajdodi Uilyam Chaloner.

Devid hamda Viktoriya Bekhem va Elton Jon

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Elton Jonning ko‘plab mashhur do‘stlari bor. Ular orasida Bekhem bilan oilaviy munosabatlar ancha mustahkamlangan. Elton uning katta o‘g‘illari Bruklin va Romeoning cho‘qintirgan otasi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi