Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ba’zilar oliy ma’lumotni muvaffaqiyatli karyera uchun eng zarur narsalardan biri deb hisoblasa, boshqalar asosiysi — jasorat va qat’iyat muhim deb biladi. Quyida universitet ta’limisiz muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.

Bill Geyts

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bill Geyts — zamonamizdagi eng mashhur va badavlat odamlardan biri. Bill Garvardda 2 yil ta’lim olgach, o‘qishdan haydaladi. Shundan so‘ng u butun kuch hamda vaqtini dasturiy ta’minot va kelajakdagi Microsoft korporatsiyasini yaratishga sarflaydi. 2007-yilda esa Garvard universiteti ma’muriyati Geytsga bitiruvchi maqomini berishga qaror qiladi.

Stiv Jobs

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Stiv o‘zining hayotiy hikoyasi bilan butun insoniyatni ilhomlantira oldi. Zerikarli majburiy dastur uni qiziqtirmagani uchun u kollejni tashlab ketadi. Keyinchalik 1 yil xattotlik kursida o‘qiydi, ammo u yerdan ham ketadi.

 Maykl Dell

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

DELL asoschisi ham universitetni tamomlamagan. O‘qish paytida u kompyuterlar sotadigan kompaniya yaratadi, shuning uchun 19 yoshida u butunlay biznes bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. 2006-yilda u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 12-o‘rinni egallaydi.

Larri Ellison

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallagan Oracle korporatsiyasi asoschisi turli sabablarga ko‘ra ikki marta universitetni tashlab ketgan. Birinchi marta ikkinchi kursda uni asrab olgan onasi vafot etgani tufayli, ikkinchi marta esa Chikago universitetini 6 oydan so‘ng hisoblash texnikasiga qiziqishi sababli tashlab ketgan.

 Richard Brenson

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mashhur britaniyalik tadbirkor va Virgin korporatsiyasi asoschisi 16 yoshida maktabni tugatadi, keyin Londonga ko‘chib o‘tadi va “Student” jurnaliga asos soladi. Bu uning ko‘plab loyihalari orasida birinchi ishi hisoblanadi, hozirda bunday loyihalarining soni uch yuzdan oshadi.

Roman Abramovich

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Milliarder va “Chelsi” futbol klubining egasi 1983-yilda Uxta sanoat institutiga o‘qishga kiradi, ammo uni tugatmaydi. U kichik biznesni erta boshlagan, shundan so‘ng neft savdosi bilan shug‘ullangan.

Genri Ford

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

XX asr boshlaridagi eng mashhur amerikalik sanoatchilardan biri 16 yoshida uydan qochib, Detroytga ishlash uchun kelgan. 1903-yilda u mashinasozlik bozorida inqilob qilgan Ford Motor kompaniyasini ochadi. Genri ko‘pincha oliy ma’lumoti yo‘qligi sabbali tanbeh eshitgan, lekin u har doim maxsus bilim umumiy bilimdan ko‘ra muhimroq ekanligini ta’kidlaydi.

Ingvar Kamprad

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shved tadbirkori 17 yoshida IKEA kompaniyasiga asos solgan. Bolaligidan kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullangan — ulgurji narxga gugurt olib, qo‘ni-qo‘shnilarga donalab sotardi. Keyinchalik baliq, undan so‘ng esa dunyoga mashhur mebellar biznesi paydo bo‘ldi. Ingvar hozir Shveysariyada yashaydi va mamlakatning eng boy fuqarosi hisoblanadi.

Jon Devison Rokfeller

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Dunyodagi birinchi dollarli milliarder 1850-yillarning oxirida kollejda o‘qib yurganida, uch oylik buxgalteriya kursi va faoliyatga chanqoqlik unga ko‘p yillik o‘qishdan ko‘ra ko‘proq foyda olib kelishini tushunadi. Shuningdek, u bolaligidan kurka sotish va kartoshka kovlash kabi kunlik ishlarda ishlagan.

Rut Hendler

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Dunyoga Barbi qo‘g‘irchog‘ini sovg‘a qilgan tadbirkor ayol ham bolaligida ishlagan. Uning bolaligi qiyin kechadi, lekin u butun dunyodagi millionlab qizlarni baxtli qildi. Qizig‘i shundaki, dastlab u va eri fotoramkalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik ular o‘yinchoqlar yaratishni boshlashgan.

Kventin Tarantino

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tarantino nafaqat oliy ma’lumot bilan maqtana olmaydi, balki maktabda ham yaxshi o‘qimagan. Kventin oltinchi sinfgacha soat necha bo‘lganini aytishni bilmas edi. U aniq fanlarni yoqtirmasdi, lekin kino olami uni doimo o‘ziga jalb qilardi. Hatto 15 yoshida maktabni tugatgach, kinoteatrga ishiga kiradi. Kventin Tarantino 37 ta mukofotga ega va turli tanlovlarda 47 marta nomzod bo‘lgan. Uning 6 ta filmi FHM jurnalining barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi filmlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Jak-Iv Kusto

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uning hayotidagi eng katta yutug‘i Brestdagi dengiz maktabi bo‘lib, o‘qishni tugatgandan so‘ng u dengiz flotiga michman sifatida ishga kiradi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli u osmonni zabt eta olmagan bo‘lsa ham, ammo suvosti dunyosi uning oldida sirli olamini ochdi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa ham u akvalang uskunalarini, suv ostida suratga olish kameralarni, suvosti dunyosini yoritish asboblarini ixtiro qildi. U butun dunyoga suvosti dunyosini ko‘rsatdi va dunyo uning bu mehnatini qadrladi. Unga berilgan ko‘plab mukofotlar, unvonlar Kusto nomi hatto diplomsiz ham dengiz bilan abadiy chambarchas bog‘liqligini isbotladi.

Jeyms Kemeron

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Afsonaviy rejissor Kaliforniya universitetiga o‘qishga kiradi, lekin ko‘p o‘tmay o‘qishni tashlab, ofitsiant qizga uylanadi va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. “Yulduzlar jangi” filmini tomosha qilgandan so‘ng, rejissor bo‘lish oliy maqsadiga aylanadi. Va, ko‘rib turganingizdek, u orzusini amalga oshiradi.

Tayger Vuds

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tayger Vuds dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilardan biri hisoblanadi — daromadi yiliga 100 million dollardan oshadi. Bir vaqtlar u professional golfchi bo‘lishga qaror qilib, Stenforddagi o‘qishini tashlab ketgan. Ko‘rib turganingizdek, Vuds tanlovda adashmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi