• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qirolicham”, “Onam, kasalman demang” va ijoddagi sukunatdan so‘ng muxlislar e’tiboriga havola etilgan boshqa xit qo‘shiqlar (video)

    O‘zbek shou-biznesi olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramay turli sabablarga ko‘ra san’atda ma’lum muddat tanaffus qilib ijod qilishdan chetlashgan san’atkorlar ham bor. Ularning ayrimlari shu tanaffusdan keyin san’atni tark etganini e’lon qilsa, ayrimlari yana muvaffaqqiyatga erishadi va ular kuylagan taronalar millionlab muxlislarning qalbini zabt etadi.

    Muzaffar Abduazimov

    Foto: Instagram /@muzaffar_abduazimov

    Foto: Instagram /@muzaffar_abduazimov

    Xonanda Muzaffar Abduazimov O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Ommaviy tadbirlar rejissurasi fakultetida tahsil olgan. Bolaligidan san’atga qiziqa boshlagan xonanda 1991—1992-yillarda ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini havaskor sifatida kuylab yurgan. O‘zining ilk ijodini esa 1997-yil “Kelinchak” qo‘shig‘i bilan boshlaydi.

    Uning ijodidagi eng xit taronalardan biri 2000-yilda ijro etgan “Oh deyman” taronasi hisoblanadi. “Dard”, “Galdi qalam qoshli yor” qo‘shiqlari ham muxlislarning qalbidan joy oldi. Muzaffar Abduazimov 2016-yilga qadar ijoddan to‘xtamadi va shu yilning so‘nggida kasbiy tanaffus e’lon qildi. U 2021-yil ijodga qaytdi va yangi taronalar ustida ishlay boshladi va xonandaning 2022-yilda muxlislariga taqdim etgan “Onam, kasalman demang” nomli taronasi xit darajasiga chiqdi. Ijodkor hozirda bu qo‘shig‘ini turli xil shodiyonalarda ijro etadi. Ushbu taronaga ishlangan videoklip esa YouTube’da hozirga qadar 5 millionga yaqin ko‘rishlar soniga ega.

    Mustafo

    Mustafo taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Zohid Yusupov 1984-yil 23-sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabni tugatganidan so‘ng u san’atkor Alisher Ro‘zmetovga shogird tushadi va xonandalik sirlarini o‘rganadi. Mustafoning ilk taronasi 2009-yilda kuylangan “Bizni yor kichkinadir” taronasi hisoblanadi. Shu orada u Sardor Rahimxonga musiqadan saboq oladi. O‘sha yillarda xonandaning “Arazchi xonim” qo‘shig‘i xitga aylanadi. Bundan tashqari “Olma-olma” hamda “Samolyot” qo‘shiqlari ham xit taronalar safiga kiradi. Xonanda 2020-yildan keyin ijodiy tanaffus qiladi, shundan keyin uning 2022-yilda muxlislariga taqdim etgan “Qirolicham” taronasi xit darajasiga chiqdi. Taronaga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 3 milliondan ortiq ko‘rilgan.

    Foto: Instagram /@mustafosinger

    Foto: Instagram /@mustafosinger

    Anvar Jo‘rayev (Sahar guruhi)

    Foto: Instagram /@anvar_sahar

    Foto: Instagram /@anvar_sahar

    Xonanda Anvar Jo‘rayev 1999-yilda “Sahar guruhi”ni guruhini tuzadi. Keyinchalik guruhning “Meni izlama”, “Yomg‘ir” taronalari xit darajasiga chiqadi va millionlab muxlislarning qalbidan joy oladi. Anvar Jo‘rayev 2004-yilda o‘z guruhi bilan ijod qilish maqsadida Qozog‘istonga boradi. Keyinchalik O‘zbekistonga qaytgan “Sahar” guruhi 2009-yilda musiqiy albomini muxlislariga taqdim etadi va shundan keyin ijodiy tanaffus e’lon qiladi. Guruh tomonidan 2022-yilda “Unutganim yo‘q” taronasi taqdim etiladi va bu musiqa tez orada xit darajasiga chiqadi.

    Jahongir Otajonov

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Jahongir Otajonov san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Amakisi Ortiq Otajonovdan musiqa sirlarini o‘rgangan xonanda 1-sinfidan poytaxtdagi Glier nomidagi musiqa maktabiga o‘qishga boradi. Maktabni bitirganidan so‘ng esa O‘zbekiston davlat konservatoriyasini bitiradi. Jahongir Otajonov ijodidagi “Arazlamang” “Oq kabutarlar” va “Dog‘man” taronalari xit dadarjasiga chiqqan. Xonandaning ijodida bir muddat xit qo‘shiqlar ko‘zga tashlanmadi. U 2018-yilda “Qaddi baland” taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish etadi. Ushbu tarona tez fursatda xit darajasiga chiqadi va muxlislar tomonidan e’tirof etiladi. “Qaddi baland” taronasiga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 5 million marta ko‘rilgan.

    Dildora Niyozova 

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Xonanda Dildora Niyozova san’atning estrada yo‘nalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan. Bolaligida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan va uning qo‘shiqlarini ijro etib yurgan. Dildora Niyozova ijrosidagi “Ishonma” va “Olma” taronalari xit bo‘lgan. Xonanda 2018-yilda “Armon bo‘ldi” nomli xit taronasi bilan ijodga qaytadi. Ushbu tarona ko‘plab muxlislarning qalbidan joy olgan. “Armon bo‘ldi” taronasiga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 26 millon marta ko‘rilgan.

    Zohirshoh Jo‘rayev

    Foto: Instagram /@zohirshohofficial

    Foto: Instagram /@zohirshohofficial

    Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev yoshligidan san’at sohasiga qiziqqan va otasidan musiqa sirlarini o‘rgangan. Xonanda ijodga kirib kelganidan so‘ng “Menmi o‘shal”, “Yuragimdasan”, “Mani deya” kabi taronalarini muxlislariga havola etgan. Zohirshoh Jo‘rayev 2013-yilda “Mani deya” taronasiga ishlangan videoklipni namoyish etadi va shundan keyin uning ijodida sokinlik kuzatilgan. Xonanda 2017-yilda “Yaxshi ko‘rib qoldimda” nomli taronasi bilan ijodga qaytadi va ushbu tarona chiqqanidan so‘ng millionlab muxlislarning qalbidan joy oladi. Ushbu taronaga ishlangan videoklip YouTube’da 13 milliondan  ortiq ko‘rishlar soniga ega. Shundan keyin uning ijrosidagi “Dilozorim”, “Seni sog‘inib”, “Sevdim” nomli taronalar muxlislarga taqdim etildi.

    Ravshan Sobirov

    Foto: Instagram /@ravshansobirov

    Foto: Instagram /@ravshansobirov

    Dastlab “Bolalar” guruhining a’zosi, keyinroq yakkaxon xonanda sifatida tanilgan Ravshan Sobirov 2000-yilda ijodining cho‘qqisiga chiqdi va uning taronalari millionlab muxlislarning qalbidan joy oldi. Xonanda ijro etgan “Sen yig‘lama”, “Nega aytgin”, “Askar” va “Setora” guruhi bilan birga kuylagan “Xayr maktabim” taronasi o‘sha davrning eng xit taronalari safiga kirgan. Uzoq muddatli ijodiy tanaffusdan keyin Ravshan Sobirovning “Sog‘indim de” nomli taronasi muxlislariga havola qilindi va tez orada xit darajasiga chiqdi.

    Mavzuga doir:

    • Durdona Qurbonova va Feruza Normatova, Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov: Jiddiy kelishmovchilik sabab bir filmda suratga tushishni istamaydigan aktyor va aktrisalar (video).
    • Muxlisni siltab tashlagan Shohjahon Jo‘rayev, tomoshabinga tarsaki tushirgan Alisher Uzoqov: San’atkorlarni qanday holatlar asabiylashishga majbur qiladi? (video).
    • Aziza Niyozmetova, Hoshim Arslonov, Jamshid Zokirov va saratondan vafot etgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto).
    • Bo‘yni yirtilgan, oyog‘i singan: Suratga olish jarayonlarida jarohat olgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video).

    22.08.2022, 16:18   Izoh (0)   16618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zokir Ochildiyev “Handalak”ning bo‘linib ketgani haqidagi mish-mishlarga javobi, to‘ylarda hazili sabab janjallarga duch kelishi va qanday insonlarning to‘yiga bor...

    22.08.2022, 14:31

    “Soxta Dilnoza Kubayevalar ko‘payib ketdi” — Dilnoza Kubayeva firibgarlardan bezor bo‘lgani va to‘ylarda xonandalik ham qilmoqchiligi haqida (foto, video)

    22.08.2022, 12:38

    GI parhezi: Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla 45 yoshdan keyin ratsiondan chiqarib tashlagan mahsulotlar

    22.08.2022, 10:50

    Instagram: Eridan pul olmaydigan Asal Abdullayeva, Shahnoza Otaboyevaga atalgan syurpriz, Parizodaning telefoni topildimi?

    21.08.2022, 22:16

    “Qizimning Azamat Ahrorovga turmushga chiqmoqchi bo‘lgani piar emasdi”. Shahzoda Muhammedovaning onasi qizi u bilan gaplashmay qo‘yishiga sabab bo‘lgan voqea haqid...

    21.08.2022, 17:52

    Gollivudning 700 ming dollar gonoraridan voz kechgan, Aziz Rametovning sevgisini rad etgan, syomka jarayonida bir o‘limdan qolgan Sitora Farmonova 38 yoshda (foto)...

    21.08.2022, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.