Barchamizga ma’lumki, Samarqand sharqona mehmondo‘slikning haqiqiy namunasi ekani bilan ajralib turadi.Bu yerda bir necha millat vakillari uzoq vaqtlardan beri hamjihatlikda yashab kelmoqda.Bu shahar Bobil, Afina, Rim va boshqa shu kabi shaharlar bilan tengdosh hisoblanadi.
Hududdagi tarixiy obidalar qimmatbaho eksponatlar u yerda minglab yillar avval ilk odamlar yashay boshlaganini aytishga imkon beradi.
Samarqand ko‘chalarida harakatlanar ekansiz unda poytaxtga xos muhitni his qilishingiz mumkin.
Albatta, bu bejiz emas chunki bu shahar dastlab Amir Temur davrida 1925-yilga kelib esa sobiq sho‘rolar davlatining markazi hisoblangan.
IX asrda Samarqand shahri Somoniylar davlati tasarrufida bo‘lgan, X asr oxirida esa Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. O‘sha davrda Samarqandda muhtasham me’moriy inshootlar barpo etilgan bo‘lib, ularning aksariyati, afsuski, Chingizxon tomonidan vayron qilingan. Keyin Samarqand mo‘g‘ullar istilosi oqibatida tor-mor etilgan Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirdi.
Safarimiz davomida biz Go‘ri Amir maqbarasiga tashrif buyurdik.Maqbaraga Temuriylar sulolasiga mansub shaxslar (Amir Temur, uning piri Mir Said Baraka, o‘g‘illari Umar shayx, Mironshoh va Shohrux Mirzo, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‘bek va boshqalar) dafn etilgan.
Shuningdek, Sherdor madrasasiga ham sayohat uyushtirdik. Bu madrasa Samarqanddagi me’moriy yodgorlik bo‘lib, Registon ansambli tarkibiga kiradi. Mirzo Ulug‘bek xonaqohi o‘rniga Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan.
Samarqand bu ko‘plab sir va afsonalarni saqlagan ajoyib va qadimiy shahardir.Bu yerda odamlarnig mehribonligi, mehmondo‘stligi tarixiy muhit shaharga sayyohlarni yana va yana o‘z bag‘riga qaytishga majbur qiladi nazarimda.
“Daryo” tarixiy Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi va uning diqqatga sazovor manzillari haqida yana bir bor ma’lumot beradi.
Izoh (0)