Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 10.02.2016-yildagi qarzdor R.A.dan undiruvchi R.Sh. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor alimentni vaqtida to‘lamay kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan aliment undirish davomida qarzdor R.A.ga qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntirilgach, qarzdor undiruvchi R.Sh. bilan o‘zaro kelishgan holda farzandlarining 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan 120 000 000 so‘m aliment mablag‘ini joriy yilning 18-avgust kuni undiruvchining plastik kartasiga o‘tkazib, alimentni oldindan to‘liq to‘lab berdi.
Ijro hujjati undiruvchi R.Sh.ning arizasiga asosan tamomlandi.
Izoh (0)