2022-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston 460,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Natijada 7 oydan buyon avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 750 taga oshgan.
Shu bilan birga, iyul oyida mashina importi hajmi oshib, 65 million dollarga yetgan.
Taqqoslash uchun, yanvarda avtomobillar importi 65,7 mln, fevralda 58,8 mln, martda 64,8 mln, aprelda 91,1 mln, mayda 40,1 va iyunda 75,4 mln dollarni tashkil qilgan.
Yil boshidan beri O‘zbekiston avtomobil eksporti hajmi 187,2 mln dollarni tashkil etdi.
Shunday qilib, 7 oy yakuni bo‘yicha avtomobil importi eksportdan 273,7 million dollar — 2,5 martaga oshgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning avtomobil importi qanday o‘zgargani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)