Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston yengil avtomobillar importini oshirgani haqida xabar berilgan edi. Yil boshidan beri O‘zbekistonga 25 ta davlatdan avtomobil olib kelingan. 

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xitoy hamon O‘zbekistonga avtomobil eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan yilga nisbatan ushbu mamlakatdan avtomobil olib kelish ikki barobardan ko‘proqqa oshgan — 3 751 tadan 7 950 taga. 

Bu borada Koreya ham ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan. Ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga avtomobil importi 2,5 mingtaga ko‘payib 5,7 mingtaga yetgan. 

Bir yil ichida Qozog‘iston Rossiyani ortda qoldirib uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Yanvar—iyul oylariga ko‘ra ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga 3,4 mingta avtomobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21, ming donaga ko‘p. 

Rossiya esa to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Mamlakatda avtomobil importi ko‘rib chiqilayotgan davrda keskin kamaygan. Bunga sabab — urush va sanksiyalar tufayli Rossiya zavodlarining yopilishi.

O‘tgan yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan 2,6 ming dona yengil avtomobil import qilingan edi. Joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatkich ikki barobarga qisqardi. 

Bir yil ichida AQSHdan avtomobil importi deyarli o‘zgarmadi — 2021-yilda 238 dona, 2022-yilda 204 dona.

2021-yilning ilk yetti oyida O‘zbekiston avtomobil importida Polsha (386 dona), Litva (312 dona) va Tailand (250 dona) yetakchi o‘rinlarda borgan edi. 

Joriy yilda ushbu davlatlardan O‘zbekistonga avtomobil olib kelish keskin kamaydi. Ular kuchli sakkizta davlat qatoriga ham kira olmagan. 

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi